Aziz o’quvchi , inson  barkamolligi uning ma’naviy dunyosining qandayligi  bilan belgilanadi. Yahshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligidir.Insonga  bunday  tuganmas boylikni ota-onadan ko’proq kim bera oladi? Shunday ekan, hurmatli ota-onalar-hayotning turli-tuman tomonlarini o’z ichiga olgan, kishilarni axloq — odobga, sabr- qanoatga, insof va saxobatda, to’g’rilik va rostlikka chorlagan  ota-onalar donishmandligi durdonalaridan barchani  bahramand qilaylik.

Mening Qadirli Otam Qodirov Jamoliddin biz farzandlariga va yaqinlariga  «Oilaviy muzey» va  bir nechta qo’lyozma kitob yozib qoldirganlar , «Nasixatnoma» kitoblari  bizlarni hayot yo’limizni yorituvchi chiroq desam mubolag’a bo’lmaydi. Bu kitob bo’limlarida  insonni to’g’ri yashashga,  ezgu ishlar qilishga  chorlaydigan ibratli rivoyatlar , hikoyalar, maqollar , donishmandlar va  DADAJONIM o’gitlari  hamda yetti avlodimiz tarixi mujassam .  O’ylaymanki  bu fikrlarni o’qib, aqalli  o’nta  ota shunday  qo’lyozma yozib farzandlariga qoldirishni ixtiyor etsalar  men o’zimni baxtiyor his qilaman. Yillar o’tib farzandlari o’z otalaridan faxrlanib yozsalar va bolalariga qoldirsalar. O’zbek xalqi donishmandligi ellarda doston bo’lsa degan umidda-sayt muallifi Zulfiya.

Otam o’gitlari: Yoshlardagi  aql-idrokning  tiniqligi, ma’naviy — axloqiy kamolat keksalardagi tajriba va donolik bilan uyg’unlashganda yurt tinch , xalq farovon, insonlar mehr-oqibatli bo’ladilar.

Rivoyat.

Qadim zamonlarda  bir podisho ishga yaroqsiz qariyalarni qirib tashlash haqida  farmon chiqaribdi. Shunda bir yigit otasini  o’ldirishga  vijdoni chidamasdan uni yerto’laga  yashirib boqaveribdi. Bir kuni podisho davlati arkonlari, lashkarlari bulan ketayotib , daryo  tubida yaltirab turgan gavhar-shamchiroqni  ko’rib qolibdi. Uning olib chiqishni buyuribdi. Olib chiqolmaganlarni boshini kestiraveribdi. Havbat  haligi yigitga yetay deganda u otasi huzuriga borib, voqeani aytibdi. Shunda otasi: «Gavhar-shamchiroqbdaryoni tubida emas , balki daryo qirg’og’idagi daraxt tepasida»,-debdi. Yigit otasi aytganini qilib gavharni olib tushib  podishoga beribdi va o’limdan qutilib qolibdi. Shundan so’ng  podisho yigitni tadbirkorligi boisini so’rabdi. «Bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman»- debdi yigit.Podisho  ko’nibdi.Yigit bunday aql keksa otasidan chiqqanini aytib beribdi. O’shandan oshlab  podisho keksa  kishilarni  asrrab-avaylab, ularning  aqli ,tadbirkorligidan foydaalnib, yurtni to’q va obod qilgan ekan.

Xulosa: Qadirli ota-ona, yoshlardagi kuch- g’ayratni keksalardagi donolik va tajriba bilan mustahkamlash lozim.Chunki tajribali, bilimdon, donishmsnd keksalar-xazinalar kaliti.