Qo’yidagi dars ishlanmalarimni ko’rishingiz  yoki yuklab olishingiz mumkin.

Fizika fanidan dars ishlanmalar:

Elastiklik kuchi

Ishqalanish ochiq dars

 

Tabiatda va texnikada ishqalanish.

Informatika fanidan dars ishlanmalar:

Fayl va kataloglar

 

Tarbiyaviy soatlar uchun dars ishlanmalar:

 


Darsni tashkillashda o’qituvchi quyidagi blits savollaridan foydalanishi mumkin. Buning uchun BARKAMOL AVLOD  so’zini bosh harflari doskada  aralashtirib magnit yordamida qo’yiladi, o’qutuvchi savollarni o’qib beradi javob topgan o’quvchi  javobini bosh harfini doskani chetiga tartib bilan qo’yadilar natijada doskada BARKAMOL AVLOD so’zi hosil bo’ladi.

Barkamol  avlod

1.Molekulalarni to’xtovsiz va tartibsiz harakati (Braun harakati)

2.Jismlarni suyuqlikdan itarib chiqaruvchi kuch (Arximed kuchi)

3.Qo’zg’almas tayanch atrofida aylanuvchi jism (Richag)

4.Tovush tebranishlari hosil qiluvchi qurilma (Kamerton)

5.Bo’linmas deb atalgan zarra (Atom)

6.Kilogram bilan o’lchanuvchi kattalik (Massa)

7.Og’irlik kuchi-Jismlarni yerga tortuvchi kuch (Og’irlik kuchi)

8.Bir nuqtaga toplanuvchi nur (Lazer)

 

1.Bizni o’rab turgan havo qatlami (Atmosfera)

2.Eng yengil gaz (Vodorod)

3.Amaliy mashg’ulot o’tkaziladigan dars (Laboratoriya)

4.Yerning tabiiy yo’ldoshi (Oy)

5.Kuchni o’lchovchi asbob (Dinamometr)

 

 

Mavzu.  Tabiatda va texnikada ishqalanish.

Darsning maqsadi.

TDTS talablariga asosan  o’quvchilarda  tabiat kuchlari  to’g’risidagi  bilim va tushunchalarni kengaytirish;

Rivojlantiruvchi maqsad.

Ishqalanish kuchlari  tabiati ,hamda uni turmushda  va texnikadagi  ahamiyatini anglab yetishish konikmasi va kuzatish malakasini hosil qilish.

Tarbiyaviy maqsad.

O’quvchilarga oila va jamoaga,jamiyatga hurmat va mehr tuyg’usini  shakillantirib borish.

Usul:     Guruhlarda ishlash;

Ilg’or fikrlarni aniqlash

Jihozlar :  Darslik,   qadoq  toshlar, bolt gayka, aravacha, qiya tekislik va dinamomet .

Dars jarayoni:

I     Tashkiliy  on:

(o’qituvchi  mavzuni e’lon qiladi,  darsni maqsadlarini aytib o’tadi.)

II    O’quvchilarning faollik darajasini oshirish:

a)   O’tilgan mavzular asosida savol-javob.Aksariyat sinflarda partalar uch qator qo’yiladi , shu qatorlar bo’yicha o’quvchilarni uch guruhlarga bo’lish mumkin .Har bir o’quvchi o’z guruhi savoliga nazariy yoki tajriba (jihozlar yordamida) orqali aqalli bir fikr bera olsin,ilg’or fikrlar raxbatlantiriladi.

I- topshiriq.

1. Tabiatda qanday kuchlar mavjud?

2.Ishqalanish turlari haqida  nimalar  bilasiz ?

3. Ishqalanish kuchi  hosil bo’lishning sababi nimalarda?

b)Fizik diktant  (O’quvchilar qo’yidagi savollarga tez , aniq va qisqa javoblarni varaqchalarga yozadilar)

1.Og’irlik kuchi formulasi

2.Butun olam tortishish kuchi formulasi.

3. Elastiklik kuchi  formulasi.

4.Kuchni o’lchovchi asbob nomi.

5.Ishqalanish kuchning formulasi.

(Varaqchalar  o’qituvchiga topshiriladi .Yangi mavzu boyicha o’quvchilar topshiriq bajarayotganlarida  o’qituvchi tekshirib oladi.Bu usul o’quvchini  barchasini individual baholashga imkon beradi.)

III    Yangi mavzuni  o’rganish.

a)  O’zbek xalqida quyidagi maqol bor ,

»Tog’ni  vaqt yemirar,

Toshni suv kemirar»

Aziz o’quvchilar siz bu maqolni qanday  tahlil qilasiz?O’quvchilar fikrlari eshitiladi.Chiroyli fikr bergan  o’quvchi  fikri doskaga yozib qoyiladi.

Ishqalanish mavjud bo’lmaganda edi  buyumlar  stoldan sirpanib tushib ketar edi.Fazoda metyorlar  harakati davomida gazlar bilan  ishqalanishi natijasida  iz qoldiradi. Stol,stullar  ko’p ishlatilishi natijasida   bolt , gaykalari (o’qituvchi o’zi olib kirgan yeyilgan   boltni  ko’rsatadi) yeyilib  qimirlab qoladi .Mashinalarda ishqalanish tufayli  harakatlanuvchi qismlar qiziydi va yeyiladi. Mashinalar   poygasida ko’p hollarga  mashina  balonlari  almashtirishga  zarurat seziladi. Bunga   ishqalanish kuchi  sabab  albatta.Turmushda   ham ishqalanish  muhim ahamiyatga ega .

Eshik ,deraza romlari  ochib  yopilganga  g’ichirlasa   kattalar  tezda

ishqalanishni kamaytirish uchun  oshiq- moshiqlarni moylab qo’yadilar.

Sizlar ishqalanishni qanday hollarda  kuzatgansiz yoki bilasiz.?

II- topshiriq.

b)Yuqoridagi uch guruhga quyidagi   topshiriqlar beriladi.(Uch minut davomida bola fikrlaydi , kerakli jumlalarni daftarga yozishi ham mumkin .Imkon bor holatlarga DVD yordamida ishqalanishga oid lavxalar ko’rsatish mumkin)

1. Tabiatda ishqalanish va uning ahamiyati.

2.Texnikada ishqalanish va uning ahamiyati.

3.Turmushda ishqalanish va uning ahamiyati.

Har bir o’quvchi fikri diqqat bilan tinglanadi.Ilg’or fikrlar yozib boriladi va rag’barlantiriladi , xulosalar  aytiladi.

IV Mustahkamlash:Baholash

III-topshiriq.

Navbatdagi topshiriq ham  uch guruh  uchun alohida bo’lib.Navator fikrlar bergan o’quvchilar fizik diktant bahosi bilan qo’shib    baholanadi.

1.Ishqalanishni foydasi.

2.Ishqalanishni zarari.

3.Ishqalanish  zararini  bartaraf etish usullari.

V.  Uyga topshiriq: 33- mavzuni  savollariga javob yozish.Zararli ishqalanishni bartaraf etish g’oyasini  topish.

O’qituvchi Qodirova Z.J.

Sinf: 8- sinf

Fan nomi : Informatika

Mavzu: Fayllar va kataloglar.

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu M’alumotlarni  xotiraga muloqot usulida kiritish operatori
Maqsad va vazifalar *         Darsning ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga fayllar va ularning kengaytmalari , fayllarning nomlangan guruhi kataloglar haqida ilmiy  tushunchalarni berish. *         Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilaga kompyuter bilimlari hayotda, turli hisob-kitob ishlarini amalga oshirishda  o’rni katta ahamiyatga ega ekanini  singdirish va ularni kasb-hunarga yo’llash*         Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:o’quvchilar kompyuterda  fayllar  va kataloglar hosil qilishi va ularni turini ajrata olish ko’nikma , malakasini hosil qilish.
O‘quv jarayonining mazmuni Fayl foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilishi va foydalanishi uchun  nomga ega bo’lib, nuqta bilan ajratilgan ikki qismdan iboratdir.Birinchi qismida foydalanuvchi tomonidan berilgan xususiy nomi , ikkinchi qismi  shu ma’lumotlar qaysi dastur tomonidan tanilishi lozimligini bildiruvchi dastur tomonidan berilgan Fayl kengaytmasi aks etgan.Masalan: M’alumot.txt, Mashina.bmp, trenajor.exe, O’zbekistonim.doc.

Eslatma: Fayl nomi  1 dan 255 tagacha, kengaytmasi esa 1 dan 4 tagacha ( kam hollarda 4 tagacha) belgiga ega bo’lishi mumkin

Asosiy tushunchalar:

*         Fayl va fayl kengaytmasi.

*         Katalog-papka

*         Ona katalog

*         Joriy katalog.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Uslub: Aralash.Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik gruhlarda ishlash

Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.

Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.

Nazorat: Og‘zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.

Kutiladigan natijalar O’quvchilar:*         Fayl va kataloglar hosil qilishga oid bilimlarni egallaydilar ;

*         Fayl va kataloglar vazifasi , ishlatilishi to’g’risidagi yangi bilim va ko’nikmaga ega bo’ladi.

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O’qituvchi o’z faoliyatining tahlili asosida yoki hamkasblarining dars tahlili asosuda keyingi darslariga  o‘zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

Farg’ona  viloyati  Farg’ona shahar  40-sonli

IMM si  fizika fani o’qituvchisi

Zulfiya Qodirovaning “Orasta qizlar” to’garagida

“ Farovon hayot o’z qo’lingda”   mavzusida o’tkaziladigan

mashg’ulot texnologik xaritasi.

Mavzu “ Farovon hayot o’z qo’lingda”   mavzusida  kompyuterlashgan mashg’ulot.
Maqsad,vazifalar

Maqsad:-O’quvchi tarbiyasida o’qituvchi va ota-onaning  hamkorligini oshirish   ;

— Jamiyat farovonligi, inson salomatligi qadriga yetish oily ne’mat ekanligini singdirish ;

— Tejamli qiz oila bezagiligini uqtirish ;

 

Vazifalar:

-Tinglovchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otish, ularda mavzu asosida bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va kengaytirish

-Tushunchalarda umumiylik   va farqni ko’rish ko’nikmasini oshirish.

Oquv jarayoninigmazmuni

Kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalashda   oila, mahalla, maktab hamkorligi muhim o`rin tutadi.O`quvchi qizlarda Vatanga muhabbat, oilaga sadoqat insonlarga mehr-muhabbat hissini kuchaytirish. Farovon hayot va nosog`lom hayot muhiti tasvirlangan hayotiy rasmlar orqali turmush tarzini tahlil qilish. Qizlarimizda sabr-qanoatni, ota-onaga va ustozlarga hurmat, ilm olishga bo`lgan intilishlarni kuchaytirish hamda hush xulqlikni singdirish.

Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasiUslub:Og’zaki bayon qilish, kompyuter yordamida taqdimot.Shakl: Suhbat-munozara, amaliy mashg’ulot, yakka tartibda, kichik guruhda va jamoada ish.

Vosita: Tarqatma materiallar, matnlar,

Usul: Texnika vositasi

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javoblar, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish.

Baholash: Rag’barlantirish.Olqishlar asosida baholash.

Kutiladigan natijalarO`qituvchi:Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.Tahlil qilish ,taqqoslash, solishtirish va o’xshashlik va farqni topishga o’rgatadi. Tinglovchilar faolligini oshiradi. Tinglovchilarda mashg’ulotga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Savol berish va savollarga javob berishga o’rgatadi.

Tinglovchi:

Yangi bilimlarni egallaydi. Yakka holda,  guruhda bo’lib ishlashni o’rganadi. Mantiqiy fikrlashi oshadi va tahlil qilish qobilyati kuchayadi.. O’z-o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi.

Kelgusi rejalar(tahlil, o’zgarishlar)

O`qituvchi:

Yanga pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish va darsda  tadbiq etish, takomillashtirsh.O’z ustida ijodiy ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

Tinglovchi:

Tushunchalar bilan mustaqil ishlashni o’rganadi.Tushunchalardagi umumiylik va farqni qidirib topishni o’rganadi.  O’z fikrini tahlil qila oladi  . Shu mavzu asosida qo’shimcha  materiallar topadi, ularni o’rganadi. O’z fikri va guruh fikrini tahlil qilib, bir echimga kelish malakasini hosil qiladi.