O‘zbеkiston yoshlar ittifoqi mukofoti

O‘zbеkiston yoshlar ittifoqi mukofoti                        Yilning eng faol yoshlari uchun 33 ta nominatsiyada beriladi!

O‘zbеkiston yoshlar ittifoqi mukofoti

NIZOM

1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (keyingi o‘rinlarda Mukofot deb ataladi) yil davomida davlat va
jamiyat hayotining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga o‘zining munosib
hissasini qo‘shib kelayotgan, vatanparvar yoshlarni rag‘batlantirib borish maqsadida ta’sis etiladi.

2. Mukofot yoshlarga quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha har yili bir marta beriladi:

— Davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh deputati”, “Yilning eng yaxshi
yoshlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari”, “Yilning eng yaxshi viloyat
kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi tuman (shahar) kengashi raisi”, “Yilning eng yaxshi yoshlar
nominatsiyalari bo‘yicha (7 ta);

— Iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi sohasida “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi
yosh fermeri”, “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi”, “Yilning eng yaxshi yosh ishchisi”, “Yilning eng yaxshi
fidoiy yoshlar otryadi a’zosi” nominatsiyalari bo‘yicha (5 ta);

— Fan-ta’lim va ijtimoiy sohada “Yilning eng yaxshi yosh olimi”, “Yilning eng yaxshi yosh dasturchisi”, “Yilning eng yaxshi
yosh o‘qituvchisi”, “Yilning eng yaxshi talabasi”, “Yilning eng yaxshi o‘quvchisi”, “Yilning eng yaxshi
boshlang‘ich tashkilot yetakchisi”, “Yilning eng yaxshi “Kamalak”
sardori” nominatsiyalari bo‘yicha (7 ta);

— San’at, madaniyat, jurnalistika va sport sohasida “Yilning eng yaxshi yosh rejissyori” (tear va
kino yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning eng yaxshi yosh aktyori” (tear va kino yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning
eng yaxshi yosh qo‘shiq ijrochisi” (mumtoz qo‘shiq, opera va estrada yo‘nalishi bo‘yicha), “Yilning
eng yaxshi yosh bastakori”, “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” (nazm va nasr yo‘nalishi bo‘yicha),
“Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti”, “Yilning eng yaxshi yosh rassomi”, “Yilning eng yaxshi yosh
dizayneri”, “Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyalari bo‘yicha (14 ta).

3. Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar orasidan munosiblari topilmagan taqdirda tegishli
nominatsiyalar soni kamaytirilishi yoki berilmay qoldirilishi mumkin.

4. Mukofotni berishda yoshlar faoliyat ko‘rsatayotgan sohadan kelib chiqib, yil davomidagi ish
samaradorligi, tizim yoki sohani rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, o‘z sohasiga kiritgan
innovatsiyasi, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga keltirgan amaliy foydasi, shuningdek
mehnatsevarligi, fidoiyligi, intizomi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faolligi, davlat va xalqaro miqyosda
erishgan yutuqlari soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligiga e’tibor qaratiladi.

5. Mukofot O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar hamda mamlakatimiz
rivoji yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan chet el fuqarolariga beriladi.

6. Mukofot ilgari boshqa mukofotlar bilan taqdirlangan yoshlarga ham berilishi mumkin.

7. Mukofotga nomzodlar vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari tomonidan ko‘rsatiladi, tavsiyanomalar hamda
nomzod faoliyatiga oid hujjatlar taqdim etiladi.

8. Mukofotga talabgorlar bo‘yicha tavsiyanomalar qabul qilish boshlanishi to‘g‘risidagi bildirish
mukofotlar beriladigan muddatdan ikki oy oldin respublika ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi
hamda hujjatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan bir oy davomida qabul
qilinadi.

9. Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar o‘n besh kun muddatda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida
tashkil etilgan vazirlik, idora, tashkilot va jamoatchilik vakillari hamda mutaxassislardan iborat
Ekspertlar komissiyasi tomonidan sohalarga oid sho‘balarga bo‘lingan holda ko‘rib
chiqiladi, muhokama qilinadi, ekspertizadan o‘tkaziladi hamda xulosalar asosida tegishli takliflar
tayyorlanadi.

10. Ekspertlar komissiyasi muhokamasi natijalari va ekspertiza xulosalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.

11. Mukofot sovrindorlariga eng kam ish haqining
30 baravari miqdorida pul mukofoti, statuetka va maxsus diplom topshiriladi.

12. Mukofot sovrindorlari har yili dekabr oyida tantanali ravishda taqdirlanadi.

WordPress Themes