Hard_discKompyuter ishlamay qolishiga ko‘pincha qattiq diskdagi nosozliklar ham sabab bo‘ladi. Bugun birgalikda ularni aniqlash va bartaraf etishni o‘rganamiz. Qattiq disk nima-yu, qanday tuzilganligini esa, o‘tgan yilgi sonlarimizdan bilib olgansiz, deb umid qilaman.

Kompyuter ishlamay qolishiga ko‘pincha qattiq diskdagi nosozliklar ham sabab bo‘ladi. Bugun birgalikda ularni aniqlash va bartaraf etishni o‘rganamiz. Qattiq disk nima-yu, qanday tuzilganligini esa, o‘tgan yilgi sonlarimizdan bilib olgansiz, deb umid qilaman.

Vinchesterni kompyuterdagi eng ishonchsiz qurilmalardan deyish mumkin. Chunki u, birinchidan, murakkab mexanik tarkibga, ikkinchidan – elektron boshqaruv platasiga ega. Har qanday mexanika, davomiy harakatlanishda bo‘lishi oqibatida, tez ishdan chiqishga «moyil» bo‘ladi.

Qattiq disk (vinchester, xard)ning nosozligini qayerdan bilsa bo‘ladi? Buning asosiy belgilari: kompyuter o‘zidan-o‘zi o‘chib, qayta yonishi, tez-tez BSOD ekrani (oq matnli moviy ekran) namoyon bo‘lishi, ish davomida to‘satdan «osilib» qolishi kabilardir.

Bundan tashqari, diskda nosoz sektorlar ko‘p bo‘lsa, operatsion tizimni o‘rnatib bo‘lmay qoladi. Bunday holda ekranda diskka u yoki bu faylni yozib bo‘lmasligi haqida xabar paydo bo‘ladi.
Ana shunday holatlarda birinchi bo‘lib vinchesterda bed blok (bad block)lar, boshqacha aytganda, nosoz sektorlar borligini tekshirish kerak. Bed bloklar ikki turli bo‘ladi – mantiqiy va jismoniy. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, jismoniy bed bloklar disk plastinasining jismoniy ta’sir ostida ro‘y bergan mikroshikastlanishi oqibatida yuzaga keladi.

Bunday hollarda ushbu sektorlarni qayta tiklash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas, birinchi navbatda axborotni boshqa ishonchli tashuvchiga o‘tkazish va shikastlangan vinchesterni almashtirish haqida o‘ylashga to‘g‘ri keladi. Gap shundaki, jismoniy bed bloklar o‘zidan-o‘zi ko‘payib borish xususiyatiga ega. Buning sirli joyi yo‘q – disk plastinasidagi magnit qatlamining bir joyi buzilgach, asta-sekin nurab boraveradi.

Mantiqiy bed bloklar bilan bog‘liq qattiq disk nosozliklarini maxsus dasturlar yordamida muvaffaqiyatli «davolash» mumkin. Shunda kompyuteringiz hech nimani ko‘rmagandek bo‘lib «chopqillab ketadi».

Vinchester sektoridagi mantiqiy nosozlik undagi nazorat summasining ushbu sektorga yozilgan ma’lumotlar nazorat summasiga muvofiq kelmasligi tufayli yuzaga keladi. Misol uchun, diskka ma’lumot yozilayotgan paytda elektr energiyasi to‘satdan o‘chib qolsa, ana shunday holat ro‘y berishi mumkin. Skanerlayotgan dastur bunday sektor ma’lumotlari nazorat summasini «tashlab» yuborib, nollar bilan yozib qo‘yadi.

Bunday nosoziklarni tuzatish uchun bir qancha dasturlar ishlab chiqilgan. Ularning har biri o‘ziga xos afzalliklarga ega. Lekin ularga to‘xtalib o‘tirmaymiz.

So‘zimizda davom etamiz. Avvalo, agar kompyuter to‘satdan «osilib» qolsa, tizimli blok (keys) yon qopqog‘ini oching va quloq soling – qattiq diskdan qandaydir chiqillash yoki yengil g‘ijirlashlar eshitilmayaptimikan?
Gap shundaki, qattiq disk magnit kallaklari blokini boshqarish tizimidagi nosozlik tufayli o‘quvchi-yozuvchi kallaklar to‘g‘ri o‘rnasha olmaydi va plastinalar yuzasi bo‘ylab tartibsiz «izg‘iy» boshlaydi yoki plastinalar yuzasiga tegib qoladi, ana shunda kuchsiz g‘ijirlash ovozi eshitiladi.

Shu o‘rinda bilib qo‘ysak ortiqchalik qilmaydi – qattiq disklar ishlab chiqarishda ularning yuzalari yo‘lkalarga ajratiladi va ularga maxsus texnik axborot – servobelgilar tushiriladi. Magnit kallaklar o‘shalarga qarab mo‘ljal oladi, tegishli sektor bo‘ylab harakatlanadi. Diskni qanchalik formatlamang, servobelgilarga zarar tegmaydi, biroq magnit plastinkaga jismoniy shikast yetganda, ular o‘chib ketadi. Natijada kallaklar to‘g‘ri mo‘ljal ololmay qoladilar.
Vinchester ichidagi magnit kallaklar bloki mana bunday ko‘rinishga ega:

Ikkinchisi – qurilmaning ba’zi qismlari (kontroller chiplari)ning haddan ortiq qizib ketishi. Qizib ketadigan joyni ixcham kompyuter ventilyatori yordamida sovutib turish mumkin. Lekin bu uzoqqa bormaydi, nari borsa yarim yil-bir yildan keyin qurilma baribir ishdan chiqadi. Chunki yuqori haroratda uzoq muddat ishlash vinchesterdagi elektron komponentlarning ichki kuyishi (degradatsiya)ga olib keladi va qattiq diskni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

…Ishxonamizda bir qattiq disk bo‘lardi, uning nosozligi tufayli kompyuter ishga tushganidan keyin yigirma daqiqalarda osilib qolaverardi. Tabiiyki, avvalo unda nosoz sektorlar (bed bloklar) borligini tekshirdik. Ular topilmadi, diagnostika dasturlari ham hech qanday muammolarni aniqlamadi.

Lekin boshqa bir qiziqarli jihatga duch keldik: disk kontrolleri elementlaridan biri boshqa mikrosxemalarga qaraganda ancha kuchli qizirdi.

Qattiq disk uchun 400C gacha bo‘lgan harorat me’yor sanaladi. Bizning «kuyish» tushunchamizning quyi chegarasi esa (kuymasligi uchun qo‘limizni tortib oladigan eng past harorat) – o‘rtacha 550C. Bizning holatimizda chip o‘n daqiqada qo‘l kuyadigan darajada qizib ketar, yana o‘n daqiqadan keyin kompyuter osilib qolardi.
Biz tashqi ventilyatorni ishlatib o‘tirmadik, ortiqcha bir vinchester bor edi, o‘sha bilan almashtirdik. Lekin, umuman olganda, ventilyatordan vaqtinchalik foydalanish mumkin.

Endi bevosita kontroller platasiga keladigan bo‘lsak, u diskning orqa tomonida joylashgan va taxminan quyidagi ko‘rinishga ega:

Kontroller – murakkab qurilma, uni mikrokompyuter deb atasa ham bo‘ladi. Chunki unda o‘z mikroprotsessori, kichkinagina tezkor xotira, kesh, kirish-chiqishi amaliyotlari va boshqalar mavjud. U o‘quvchi-yozuvchi kallaklardan qattiq diskning tashqi interfeysi («IDE» yoki «SATA» razyomi)ga axborot yetkazilishiga javob beradi.

Mikrosxemalar doim qizib ketaversa, kuyib, nurab ketishgacha boradi. Ustaxonalarda bunday nosozliklarda kontroller platasi yangisiga almashtiriladi. Umuman olganda, bu ishni uyda ham qilsa bo‘ladi, lekin muhim jihatni hisobga olishni unutmang: donor disk (kontroller platasi olinadigan disk) kompyuterdagi diskning xuddi o‘zi bo‘lishi kerak, aks holda undagi ma’lumotlarni tiklashda muammolar tug‘iladi.

Afsuski, platanining o‘zini almashtirish bilan ish bitmasligi mumkin. Chunki kontrollerning o‘zida, diskning «ishchi» hududida dasturiy «proshivka» – operatsion ma’lumotlar bo‘ladi, ular BIOSga vinchester haqidagi asosiy axborot (sektorlar, kallaklar, silindrlar soni va b.)ni yetkazib turadi. Agar biz shunchaki platani almashtirsag-u, «ishchi» hududga tegmasak, kerakli natijaga erisha olmaymiz. Shunday ekan, baribir servis ustaxonalariga borishga to‘g‘ri keladi.

Qattiq disk nosozligining uchinchi ko‘rinishi: vinchester yoqilganidan keyin dvigatel magnit plastinalarni aylantirishga urinadi va birozdan keyin to‘xtaydi. Bu jarayon muayyan vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bu nosozlikni sezish qiyin emas – ishlab turgan vinchesterning yuqori qopqog‘iga kaftingizni qo‘yib tursangiz, motorning ishga tushishi va to‘xtashini albatta payqaysiz. Bu holatda vinchesterni ta’mirlab bo‘lmaydi, diskni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Yana shunisi ham borki, qattiq diskning nosozligi kontrollerdan diskka ma’lumotlar jo‘natuvchi kabeldagi muammolar tufayli ro‘y bergan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, SATA kabeli fiksatori sinib, qattiq disk tomonidan elektr ulanishi yomonlashgani tufayli kompyuter vaqti-vaqti bilan «osilib» qolishi, «moviy halokat ekrani» (BSOD) paydo bo‘laverishi mumkin. Bunda kabel almashtirilishi orqali muammo bartaraf etiladi.Kontroller – murakkab qurilma, uni mikrokompyuter deb atasa ham bo‘ladi. Chunki unda o‘z mikroprotsessori, kichkinagina tezkor xotira, kesh, kirish-chiqishi amaliyotlari va boshqalar mavjud. U o‘quvchi-yozuvchi kallaklardan qattiq diskning tashqi interfeysi («IDE» yoki «SATA» razyomi)ga axborot yetkazilishiga javob beradi.

Mikrosxemalar doim qizib ketaversa, kuyib, nurab ketishgacha boradi. Ustaxonalarda bunday nosozliklarda kontroller platasi yangisiga almashtiriladi. Umuman olganda, bu ishni uyda ham qilsa bo‘ladi, lekin muhim jihatni hisobga olishni unutmang: donor disk (kontroller platasi olinadigan disk) kompyuterdagi diskning xuddi o‘zi bo‘lishi kerak, aks holda undagi ma’lumotlarni tiklashda muammolar tug‘iladi.

Afsuski, platanining o‘zini almashtirish bilan ish bitmasligi mumkin. Chunki kontrollerning o‘zida, diskning «ishchi» hududida dasturiy «proshivka» – operatsion ma’lumotlar bo‘ladi, ular BIOSga vinchester haqidagi asosiy axborot (sektorlar, kallaklar, silindrlar soni va b.)ni yetkazib turadi. Agar biz shunchaki platani almashtirsag-u, «ishchi» hududga tegmasak, kerakli natijaga erisha olmaymiz. Shunday ekan, baribir servis ustaxonalariga borishga to‘g‘ri keladi.
Qattiq disk nosozligining uchinchi ko‘rinishi: vinchester yoqilganidan keyin dvigatel magnit plastinalarni aylantirishga urinadi va birozdan keyin to‘xtaydi. Bu jarayon muayyan vaqt oralig‘ida takrorlanib turadi. Bu nosozlikni sezish qiyin emas – ishlab turgan vinchesterning yuqori qopqog‘iga kaftingizni qo‘yib tursangiz, motorning ishga tushishi va to‘xtashini albatta payqaysiz. Bu holatda vinchesterni ta’mirlab bo‘lmaydi, diskni almashtirishga to‘g‘ri keladi.

Yana shunisi ham borki, qattiq diskning nosozligi kontrollerdan diskka ma’lumotlar jo‘natuvchi kabeldagi muammolar tufayli ro‘y bergan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, SATA kabeli fiksatori sinib, qattiq disk tomonidan elektr ulanishi yomonlashgani tufayli kompyuter vaqti-vaqti bilan «osilib» qolishi, «moviy halokat ekrani» (BSOD) paydo bo‘laverishi mumkin. Bunda kabel almashtirilishi orqali muammo bartaraf etiladi.Yuqorida aytilganidek, qattiq disk diagnostikasini o‘tkazish va undagi mantiqiy shikastlanishlarni tuzatish uchun bir qancha dasturlar mavjud.

Manba: http://megabyte.uz