к1Hammamizning kompyuterimiz har xil. Kimdadir «Pentium», kimdadir «Seleron»; kimdadir tezligi yuqori, kimdadir juda sekin… lekin ularning barchasi bir xil tarkibiy qismlardan tuzilgan. Shunday ekan, keling, avvalo, kompyuterning ichki tuzilishi bilan tanishamiz.

Hammamizning kompyuterimiz har xil. Kimdadir «Pentium», kimdadir «Seleron»; kimdadir tezligi yuqori, kimdadir juda sekin… lekin ularning barchasi bir xil tarkibiy qismlardan tuzilgan. Shunday ekan, keling, avvalo, kompyuterning ichki
tuzilishi bilan tanishamiz.
Shaxsiy kompyuter quyidagi zaruriy qismlardan iborat:
1. Tizimli blok (tarmoq kabeli bilan birgalikda).
2. Monitor (tarmoq kabeli va ma’lumot kabeli bilan birga; kabellar monitorga ulangan yoki alohida bo‘ladi).
3. Klaviatura.
4. «Sichqoncha» manipulyatori.

 

Bundan tashqari, shaxsiy kompyuter tarkibiga boshqa qurilmalar ham kirishi mumkin: printer, modem, skaner, joystik, ovoz kuchaytirgichlar (dinamiklar) va boshqalar.
Endi yuqorida aytib o‘tilgan komponentlar bilan yaqindan tanishib chiqamiz.

1. Tizimli blokda har bir tarkibiy qism alohida-alohida joylashtirilgan. Bu esa, kompyuter konfiguratsiyasini oson o‘zgartirish – tezkor xotira hajmini oshirish, videokartani almashtirish, vinchester sig‘imini kengaytirish imkonini beradi.
Tizimli blokning barcha qismlari korpusning ichida joylashgan bo‘lib, bu ularning mexanik zararlanishdan asraydi hamda zarur haroratni ta’minlaydi.
Boshqaruv elementlari va indikatorlar tizimli blokning old panelida, tarmoqqa va qo‘shimcha qurilmalarga ulanish uyachalari va ozuqa bloki ventilyatori («kuler») orqa panelda joylashgan bo‘ladi.

Tizimli blokda odatda quyidagilar o‘rnatilgan bo‘ladi:
Ona plata, u markaziy protsessor, tezkor xotira, vinchester, floppi-diskovod, ISA, PCI yoki AGP interfeysiga ega turli kengayish platalari, ikkita ketma-ket (COM1 va COM2) va bitta parallel (LPT1) portlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, ona platada barcha muhim komponentlar jamlangan bo‘ladi. (Bekorga «ona» plata deyilmaydi-da!)

Barcha amallarni bajaruvchi protsessor.

Kompyuter ishlab chiquvchi ma’lumotlarni monitorda aks etuvchi signalga aylantirib beruvchi videokarta.

Kompyuter ishlab chiquvchi tovushlarning eshittirilishini, shuningdek, tovushlarni raqamli shaklda kompakt-disklarga sifatli yozishni ta’minlovchi tovush kartasi.

Amaliyot tizimi, dasturlar, ilovalar, ma’lumotlar bazasi, o‘yinlar va boshqalarni saqlash joyi bo‘lmish Vinchester (qattiq disklarga yig‘uvchi).

Tezkor xotiraga saqlovchi qurilma (OZU, «operativka») dan farqli o‘laroq, ozuqa manbaidan uzilganda vinchesterga yozilgan ma’lumotlar o‘chib ketmaydi.

Lazerli kompakt-disklarni o‘qishga (ijro etishga) mo‘ljallangan CD-ROM-diskovod (kompakt disklarni o‘qish diskovodi). Kompakt-disklarda kompyuter dasturlari va o‘yinlar, musiqali asarlar, videofilmlar va boshqalar yozilgan bo‘lishi mumkin.

Ona plata, kengayish platalari, vinchester, floppi-diskovod va boshqalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ozuqa bloki.

2. Monitor ma’lumotlarni matnli va grafik shaklda ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

3. Klaviatura kompyuterga ma’lumotlarni va buyruqlarni kiritishning asosiy qurilmasi sanaladi.

4. «Sichqoncha» manipulyatori MS WINDOWS kabi operatsiya tizimi va turli dasturlarni boshqarish uchun mo‘ljallangan.

Bundan tashqari, siz kompyuterda qo‘shiq eshitish yoki kino ko‘rish uchun alohida dinamik ulashingiz, Internet orqali tasvirli aloqa o‘rnatish uchun veb-kamera va mikrofon o‘rnatishingiz va boshqa ko‘plab qo‘shimcha qurilmalardan foydalanishingiz ham mumkin, ularni bir so‘z bilan «periferiyalar» deb ataymiz.

O‘ylaymizki, ushbu ma’lumotlar sizga kompyuteringizni yanada yaxshiroq bilishingizga va undan unumliroq foydalanishingizga yordam beradi.

Manba.  http://megabyte.uz