QANDAY TEMPERATURA DARAJALARI MAVJUD

pero2Amaliyot uchun yaroqli issiqlikni o’lchash uchun ilk termometr asboblarini 1714 yilda olmon fizigi Gabriel Daniel Farengeyt yaratdi.

Amaliyot uchun yaroqli issiqlikni o’lchash uchun ilk termometr asboblarini 1714 yilda olmon fizigi Gabriel Daniel Farengeyt yaratdi. U simobli termometr yasab, buning uchun muz va tuz aralashmasining temperaturasini 0 darajada deb belgiladi, inson tanasining normal temperaturasini esa 96 daraja etib belgiladi. Bunday nisbatda suvning muzlash nuqtasi 32 darajadan biroz pastroq, qaynash nuqtasi esa 212 darajadan biroz pastroq edi. Farengeyt bu raqamlarni aniq qilib, 32 va 212 deb oldi, xuddi shu tuzatishlardan inson tanasining temperaturasi bu nisbat bo’yicha 98,6 darajaga teng edi. 1740 yillarda fransuz tabiatshunosi Rene Antuan Reomyur muz erishining doimiy nuqtasi (10 daraja) va suvning qaynash nuqtasi (80 daraja)ga asoslangan spirtli termometrni taklif qildi. Muzning erishi bilan suvning qaynashi o’rtasidagi masofani Reomyur 80 qismga ajratib chiqdi. Deyarli u bilan bir vaqtda shved astronomi Anders Selsiy simobli termometrni qo’llay boshladi, u muzning erishi va suvning qaynash nuqtalari oralig’ini 100 qismga bo’ldi. Quyi temperaturalarni o’lchashda noaniq miqdorga yo’l qo’ymaslik uchun u suvning muzlash nuqtasini 100 darajadan ziyod, qaynash nuqtasini esa ular hamisha erishib bo’lmaydigan narsalarni 0 daraja qilib belgiladi. Biroq issiqlikning ortib borishini o’sib boruvchi darajalar bilan ko’rsatish tabiiyroq edi. Shu sababli Selsiy bir yildan keyin o’z termometri shkalasini teskari ag’darib, muzning erish darajasini 0 daraja, suvning qaynash darajasini esa 100 daraja qilib belgiladi. Xuddi shunday termometrlardan biz bugun ham foydalanamiz. Selsiy shkalasi-nisbati aksariyat rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan. Biroq inglizlar Farengeyt shkalasini qabul qilishib, unga hozirgacha amal qilib kelmoqdalar. Inglizlarga «vorislik» tarzida bu shkala AQShda ham saqlanib qoldi, unga sobiq Angliya koloniyasi hisoblangan boshqa bir necha davlatlarda ham amal qilinadi. Reomyur shkalasiga kelsak, u yashab qolmadi. Taxminan 1860 yilda Kelvin lordi unvonini endigina olgan ingliz olimi Uilyam Tom-son molekulalarning kinetik energiyasidan kelib chiqqan temperatura shkalasi nisbatini yaratishni taklif qildi. Selsiy bo’yicha — 273 daraja (aniқroғi — 273,16 daraja)da molekulalar nol 0 kinetik energiyaga ega bo’ladi. Hech bir moddani bundan ortiq sovutib bo’lmaydi. Demak,— 273 darajani «absolyut nol» daraja deb qabul qilsa bo’ladi. Lord Kelvin «absolyut nol» boshlang’ich nuqta qilib olingan, bo’linmalari esa Selsiy darajalariga teng ravishda olingan shkalani taklif etdi. Buni «absolyut shkala», yoki «Kelvin shkalasi» deb atashadi. Ma’lum bo’lishicha, olimlarga butun Olamdagi temperatura o’zgarishlarida yuz beradigan barcha hodisalarni bayon qilishga boshqa barcha shkalalarga nisbatan bu shkala ancha qulaylik tug’dirar ekan. Har gal qanday temperatura haqida gap ketayotganligini farqlash uchun matnlarda daraja miqdoridan keyin quyidagi harflardan biri quyiladi: Ғ (Farengeyt), K (Reomyur), K (Kelvin), S (Selsiy), A (absolyut).

 QOTISHMA NIMA?

      Qotishmalar, yoki boshqacha aytganda, qattiq qorishmalar ikki va undan ko’p miqdordagi suyuq aralashmalarni qotirish asosida vujudga keladi. Qotishmalar asosan (yoki faқat) metallardan iborat «metalli» va «metallmas» qotishmalarga ajratiladi. Metalmas қotishmalarga shisha misol bo’lishi mumkin.   Ayrim qotishmalar tabiatning o’zida uchraydi, biroq qotishmalarning asosiy qismi sun’iy usulda olinadi. Inson yaratgan va kundalik ehtiyojlari uchun foydalanadigan dastlabki qotishma bronzadir. Bronza — mis va qalayining birikuvidan tarkib topgan qotishma. Bundan 6000 yil muqaddam odamlar undan har xil idishlar, ov qurollari va mehnat qurollarini yasashgan. Qotishmaning fizik xossasi uni vujudga keltirgan qismlarning xususiyatlaridan birmuncha farq qiladi. Shuni aytish kerakki, bu o’zgarish faqat sifat jihatdan emas, balki qotishma qismlarining tarkibiy miqdorida ham ko’zga tashlanadi. Masalan, sof temir juda yumshoq va shu boisdan uni ishlatib ham bo’lmaydi. Lekin uning tarkibiga 1 — 1,5 foiz uglerod aralashtirib tayyorlangan qotishma po’latni vujudga keltiradi, uning qattiq-qoimligi esa ko’pchilikka yaxshi ma’lum. Uglerod aralashmasi 2 — 2,5 foizga yetkazilsa, yanada qattiq-roq, ayni paytda ancha mo’rt bo’lgan cho’yan qotish-masini hosil qiladi. Agar po’latga biroz miqdorda marganets, xrom, vanadiy, titan va boshqa shunga o’xshash legirlovchi elementlar qo’shilsa, uning mexanik xususiyati yaxshilanadi va boshqa bir qator foydali sifatlar bag’ishlaydi. Masalan, buningdek po’lat zanglamaydi. Hozirgi kunda dunyoda qotishmaning (yuqori yoki past issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, yomon qo’shiluvchanlik, mexanik jihatdan mustahkamlik, noqulay sharoitlarda chidamlilik va hokazo) kabi xossalarga ega va insoniyat faoliyatining xilma-xil sohalarida qo’llaniladigan qotishmalarning minglab turlari mavjud.

WordPress Themes