Oshxonada asqotadigan tavsiyalar

oshxona11Oshxonada albatta, onalarimizga teng keladigani yo‘q. Mazasi bir umrga tatiydigan taomlar tayyorlash va oshxonani saranjom-sarishta saqlashni ularga chiqarishgan. Biroq onalarimiz ham bilmasligi mumkin bo‘lgan oshxona bilan bog‘liq ba’zi sirlar borki, ulardan sizlarni quyida voqif etamiz.

Tuxum uzoq saqlanishi uchun sovitgichga solishdan oldin unga o‘simlik yog‘i suring.

tuxum

Kesilgan tort qotib qolmasligi uchun uning kesilgan qismiga non bo‘laklarini gugurt cho‘pi yoki tish tozalagich yordamida mahkamlab qo‘ying.

tort

Bir necha tomchi limon suvi zarur bo‘lib qolsa, bus-butun limonni kesishga shoshilmang. Uni tish tozalagich bilan teshib, sal siqsangiz, shu zahotiyoq limon sharbati tomchilay boshlaydi. So‘ng teshikchani skotch bilan yopib, limonni sovitgichga qaytarib qo‘ysangiz bo‘ladi.

limon

Piyoz va sarimsoq piyozni saqlash uchun eng yaxshi joy — teshik-teshikli qog‘oz xalta. Bunday idishda ular ikki oygacha yaxshi saqlanadi.

piyoz

Kartoshka nish otib ketmasin, desangiz uni olma bilan saqlang. Olmadagi etilen nishlar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.

kartoshka

Banan shodasining birlashgan qismini skotch bilan o‘rab qo‘ysangiz, u uzoq vaqt buzilmay saqlanadi.

banan

Sarg‘ayib qolgan ko‘katlarni tashlab yuborishga shoshilmang. Ularni to‘g‘rab, sovitgichning muz idishiga solib chiqing, ustidan olivka yog‘idan quying. Uni muzxonada saqlab, zarur vaqtda salat, sous va sho‘rvalar uchun ishlatishingiz mumkin.

ko'kat

Sotib olgan bananingiz hali xomroq bo‘lsa, uni duxovkada “pishirishingiz” mumkin. Buning uchun ularni listga qo‘yib, qizdirilgan duxovkada 1—2 daqiqa ushlang.

banan p

Kanselyariya mixchasi qaynatilgan tuxumni archishni ancha osonlashtirishi mumkin. Buning uchun tuxumni qaynatishdan oldin, po‘stlog‘ini mixcha bilan kichik qilib teshib qo‘ying.

101

WordPress Themes