BMTning ayollar mavzusiga bog’liq insholar tanlovi

ayolQayerda: Internetda Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 15-may Kim uchun: O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Tojikiston fuqarolari Mukofot: Bitta oliy va har bir davlatdan 1-o’rin aniqlanadi Umumiy ma’lumot: Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’rta Osiyodagi ofisi Beyjing Deklaratsiyasining 20 yilligi munosabati bilan “Men ….haqida qayg’uraman, chunki…” deb nomalgan insholar tanlovini e’lon qiladi. 

Qayerda: Internetda

Ariza topshirish muhlati: 2015-yil 15-may

Kim uchun: O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Tojikiston fuqarolari

Mukofot: Bitta oliy va har bir davlatdan 1-o’rin aniqlanadi

Umumiy ma’lumot:

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’rta Osiyodagi ofisi Beyjing Deklaratsiyasining 20 yilligi munosabati bilan “Men ….haqida qayg’uraman, chunki…” deb nomalgan insholar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 12ta soha berilgan bo’lib, insho ulardan bittasi asosida yozilishi mumkin.

Kim uchun:

Tanlovda O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Tojikistan fuqarolari ishtirok etishi mumkin. Tanlovga yosh bo’yicha chegara qo’yilmagan.

Mukofot:

Tanlovda bitta oliy o’rin aniqlanadi. Bundan tashqari, har bir davlatdan eng yaxshi insho muallifi ham aniqlanib, ularga maxsus o’rin beriladi. G’olib bo’lgan insholar BMTning O’rta Osiyodagi ofisiga qarashli vebsaytda chop etiladi.

Ariza to’ldirish tartibi:

Insho quyidagi 12 ta sohadan birida bo’lishi lozim:

  • Ayollar va qashshoqlik;
  • Ayollarga ta’lim va treninglar;
  • Ayollar va sog’liq;
  • Ayollarga nisbatan zo’ravonlik;
  • Ayollar va qurolli nizolar;
  • Ayollar va iqtisodiyot;
  • Ayollar boshqaruv va qaror qabul qilish rolida;
  • Ayollar masalalarini oldinga olib chiqish uchun tizimli mexanizmlar;
  • Ayollarning inson huquqlari;
  • Ayollar va media;
  • Ayollar va ekologiya;
  • Qiz-farzand.

Insholar ham ingliz, ham rus tilida qabul qilinadi. Insho Microsoft Word formatida 2015-yilning 15-mayiga qadar konkurs.beijing@gmail.com manziliga yuborilishi kerak. Xatda, shuningdek, insho muallifining to’liq ismi, yashash manzili (davlati) hamda aloqa uchun ma’lumotlari yozilishi kerak.

 

WordPress Themes