“Windows – bilimlar oynasi” nomli ko’rgazmali qurol

ккк22Farg’ona shahar 40 –sonli IDUM informatika fani o’qituvchisi Qodirova Zulfiya Jamoliddinovnaning “Windows — bilimlar oynasi” nomli ko’rgazmali quroli

 

Farg’ona shahar 40 –sonli IDUM informatika fani o’qituvchisi Qodirova Zulfiya Jamoliddinovnaning “Windows — bilimlar oynasi” nomli ko’rgazmali qurol pasporti.

л4 л1 л2 л3

1.“Windows — bilimlar oynasi”

nomli ko’rgazmali qurolni qo’llashdan maqsad.

  1. O’quvchilarni barcha fanlarga oid atamalarni eslab qolishga o’rgatish.
  2. O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga o’rgatish.
  3. O’quvchilarni tez va aniq fikrlashga o’rgatish

4.O’qituvchi uchun mavzularning takrorlash va mustahkamlash qismida foydalanish juda qulay.

5.O’tilgan mavzular savol, formula, lug’at , masalani yechish, atamalar izohi usulida takrorlash bir vaqtda amalga oshiriladi.

  1. Barcha fanlardan va barcha sinflarda foydalanish mumkin, faqat “Windows — bilimlar oynasi” topshiriqlari maqsadga qarab o’zgartiriladi.

“Windows — bilimlar oynasi” nomli ko’rgazmali qurolni tashkil etgan materiallar

  1. Plastik materiall ,60X70sm ( yengil va sinfdan -sinfga olib yurishga qulay)
  2. Metall list-4 ta, 3X60sm (8 ta bolt bilan qatirilgan)
  3. Chiroqcha-1 ta, elektron qo’ng’iroq-1ta (“O’quvchini rag’batlantirish “ uchun)
  4. Fanlarga oid ilmiy bezaklar.
  5. Magnit tugmachalar
  6. Topshiriqlar jamlanmasi.

“Windows — bilimlar oynasi” nomli ko’rgazmali qurolni qo’llash tartibi.

  1. 1-va 3- ustunga savol, formula , topshiriq yozilgan kartochkalar magnit yordamida qo’yiladi, 2- va 4-ustunga ularning javoblari betartib qo’yiladi.Ikki o’quvchi chiqib savollarga mos javobni 2-va 4- ustunga terishi kerak.
  2. 3 ta o’quvchi ham ishlashi mumkin , buning uchun 1 ustunga topshiriq qo’yiladi, 2-3-4- ustunda o’quvchilar bu topshiriqlarni ikkili, sakkizli va 16li sanoq sistemasida ifodalashi kerak bo’ladi.
  3. 4 ta o’quvchi foydalanganda o’qituvchi har bir o’quvchi uchun individual topshiriq beradi, topshiriqlar javobi “Windows — bilimlar oynasi” da mavjud bo’ladi , har bir o’quvchi o’z qatoriga javoblarini terib chiqishi kerak bo’ladi.
  4. Fizika, matematika, kimyo fanlarida formulalar va o’lchov birliklar o’rganishda qulay.
  5. Chet tillar o’rganishda   ranglar, sonlar, tana a’zolari va boshqa rasmlarni 1-va 3- ustunga qo’yib , stol ustidagi mos javoblarni tanlab qo’lgan ustunlarga mosini terish kerak.
  6. O’qituvchi o’z mahoratiga qarab keng miqyosda foydalanishi mumkin.
  7. Eslatma!“O’quvchining rag’atlantirish” tugmasini bosing.

 

Muallif haqida

Qodirova Zulfiya Jamoliddinovna 1970 yil 3 yanvarda

Farg’ona tumanida tug’ilgan.

1991 yil FDU ning fizika- informatika o’qituvchisi mutaxasisligi bo’yicha ta’momlagan. 2002 yildan buyon Farg’ona shahar

40-sonli IDUMda ishlab kelmoqda.

2010 yil “Yilning eng yaxshi o’qituvchisi” tanlovida fizika fanidan Respublikada 3- o’rinni egallagan.

2012-yili “Yilning eng yaxshi o’qituvchisi” tanlovida informatika fanidan Viloyatda 2- o’rinni egallagan.

“Xalq ta’limi a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan.

“Evrika.zn.uz” sayti muallifi.

 

 

 

WordPress Themes