Bog’dagi mevalardan quruq qolgan odam (ibratli hikoya)

_bog'Bir kishiga bir qop berilib, ro‘parasidagi ulkan, ajoyib bog‘ ko‘rsatilibdi. “Mana, senga bog‘. Undan o‘zingga yoqqan, xohlagan mevalaridan terib, qopingga solgin.Ammo, shuni unutmaginki, undan keyingi bog‘da undan ham ajoyib mevalar bor”

Bog’dagi mevalardan quruq qolgan odam (ibratli hikoya)

Bir kishiga bir qop berilib, ro‘parasidagi ulkan, ajoyib bog‘ ko‘rsatilibdi. “Mana, senga bog‘. Undan o‘zingga yoqqan, xohlagan mevalaridan terib, qopingga solgin. Ammo, shuni unutmaginki, undan keyingi bog‘da undan ham ajoyib mevalar bor”, deyilibdi. Odam boqqa kirsa, anvoyi mevalar shoxlaridan uzilib tushay, deb turganmish. “Mevalardan olgin, lekin undan keyingi bog‘ bunisidan ham chiroyli. Biroq, eshikni ochib o‘tganing hamon, orqaga yo‘l yo‘qoladi”, degan ovoz eshitilibdi. U biror mevani qopiga solmay, keyingi boqqa o‘tdi. Rostdan ham ikkinchi bog‘ birinchisidan ham go‘zal ekan. Odam hayron bo‘lib, og‘zi lang ochilib, undan ham keyin joylashgan boqqa kirdi. Uchinchi bog‘ni ta\’rifiga til ojiz edi. Odam undan ham hech narsa olmay, to‘rtinchi, undan keyingisi, undan keyingisiga o‘ta berdi. Qopiga hech narsa solmas, keyingi bog‘ oldingisiga nisbatan yaxshi bo‘lar, deb eng ajoyib bog‘ ilinjida edi. Nihoyat, bir boqqa kirdiki, undagi mevalarning rangidan, mazasidan odam lol qoldi. O‘ylab, o‘ylab, bog‘ etagidagi eshikni ochmoqqa yurdi. Eshikni ham ochdi, qadam qo‘ydi. Qarshisida jazirama issiqdan kuygan qumlar, suvsiz sahro turar, biror mevali daraxt tugul, hatto soya beruvchi buta ham yo‘q edi. Afsus chekib, o‘zini har tomonga urdi. Ammo, endi vaqt o‘tgan. Ortga yo‘l yo‘q. Muhtaram o‘quvchi, bu bog‘lar hayotimizning ortga qaytarib bo‘lmas yillari, oylari, kunlari va hatto, soat-daqiqalari misolidir. Biz imkon borida, “qopimizga” hayot mevalari – xayrli amallarimizdan ko‘paytirib olmog‘imiz lozim. Toki, oxirda, qo‘limizda bo‘sh qop va dilimiz to‘la armon bo‘lmasin. Bu dunyo sinovdir, agarda bilsang, Jannat senikidir, savob ish qilsang.

*** Soat chiqillaydi, uning millari,

Go‘yoki, umringni yeayotganday.

Diqqat qilgin, hatto ular ham

“Alloh, Alloh” deyayotganday…

*** Poyezdga o‘xshaydi bu yorug‘ jahon

Yo‘lovchi ham ko‘p, ham turli vagon.

Vagonlar xilma-xil, yo‘lovchi bisyor,

Birovda chipta bor, kim pulsiz hayron…

WordPress Themes