«Avtomobil ot kuchi» nimani anglatadi

ot kuchiAvtomobillar haqida gapirganda “ot kuchi” atamasini tez-tez qo’llaymiz. Xo’sh, ot kuchi qachondan beri qo’llanilgan va uning ma’nosi nima ?

 

«Avtomobil ot kuchi» nimani anglatadi Avtomobillar haqida gapirganda “ot kuchi” atamasini tez-tez qo’llaymiz. Xo’sh, ot kuchi qachondan beri qo’llanilgan va uning ma’nosi nima ?. Keling shu savollarga javob topsak… «Ot kuchi» atamasi kuchni emas balki quvvatni anglatadi. Mashhur fizik olim Jeyms Vatt aniqlashicha 1 ta ot 1 minutda 100 fut (30 metr) chuqurlikdan 330 funt (150 kg.) ko’mirni blokka bog’langan arqon orqali tortib chiqara olar ekan. Ana shu ishni bajaradigan quvvat 736 vattni tashkil etadi. 1960-yili SI (System International ) birliklar sistemasida 736 vattni tashkil qiluvchi quvvat birligi 1 ot kuchi deb belgilandi. Buni quyidagi hisobda keltiramiz mumkin:

F- kuch (Nyuton)

A – ish (joul)

t –vaqt (sekund)

S –yo’l (metr)

N –quvvat (vatt)

Quvvatni topish formulasi quyidagicha(rasmga q.)

formula-ot1

Jeyms Vattning hisobiga ko’ra 1 ta ot 1 minutda (60 sekundda) 30 metr chuqurlikdan 150 kg. ko’mirni blokka bog’langan arqon orqali tortib chiqara olar ekan.

s= 30 metr

F= 9,8*150 kg = 1473 Nyuton

t= 60 sekund

formula-ot2

demak, ma’lum bo’ldiki 1 ot kuchi 736 vattga teng ekan.

WordPress Themes