Fikr orqali muloqot yoki tovushsiz suhbatning iloji bormi?

qalb-kuzi Odam bolasi dunyoni 5 ta sezgi a’zosi orqali o’rgana boshlaydi. Quloq, ko’z, til, burun, teri. U ulg’aygan sari bu vositalar yoniga yana ikkitasi qo’shiladi: aql va hissyot.

Fikr orqali muloqot. yoki tovushsiz suhbatning iloji bormi? Odam bolasi dunyoni 5 ta sezgi a’zosi orqali o’rgana boshlaydi. Quloq, ko’z, til, burun, teri. U ulg’aygan sari bu vositalar yoniga yana ikkitasi qo’shiladi: aql va hissyot. Bizning sezgi a’zolarimiz atrofdagi tabiatni bor murakkabligicha qabul qilolmaydi. Doim bizga mos qilib soddalashtirib o’zlashtiradi. Masalan, ranglarni, yashil, qizil, sariq, ko’k, oq, qora kabi turlarga ajratadi. Vaholanki, tabiatdagi ranglar o’rtasida aniq chegara yo’q, ularni sanab ham bo’lmaydi. Ranglar aslida bir biri bilan uzluksiz chirmashib ketgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun kamalak ranglariga qarash kifoya. Hid, tovush, maza, harorat degan hodisalar ham ranglar kabi uzluksiz, lekin odam uni ma’lum turlarga ajratib qabul qiladi. Hatto biz uchun shirin bo’lgan ta’m boshqa jonzotlar uchun bemaza bo’lishi mumkin, Masalan pashsha uchun yoqimli bo’lgan go’ng hidi odam uchun eng yoqimsiz. Qarangki, hatto biz ajratayotgan ta’m, hid, harorat tushunchalari ham aynan biz bilganchalik emas. Balki ayna bizlar uchun shunday tuyuladi. Dastlab, inson dunyoga kelgach, tabiat uning ongida juda sodda ko’rinishda aks etadi. Keyinchalik so’z, aql va hissiyot ishga tushadi, natijada odam tabiatning murakkabligi ichiga kirib boraveradi. Biroq, shunga qaramay, yana “Lekin” deyishga o’rin qoladi. Odam tabiatdagi so’z va hodisalarni o’ziga yarasha so’z (tushuncha) bilan ataydi va bilimlarini shu so’z orqali boshqalarga uzatadi. Davrlardan davrlarga olib o’tadi, ya’ni qadimdagi bir hodisani o’zidan keyingi avlodlarga qoldiradi. Ayni paytda, o’sha narsa yoki hodisaning mohiyatini atagan nomi bilan cheklab qo’yadi. Gap shundaki, narsa yoki hodisani bir so’z bilan atayotganda ularning eng muhim xususiyatlaridan kelib chiqiladi, nimagadir o’xshatiladi. Bu usul bilan odam o’sha narsa yoki hodisa haqidagi asl ma’no va sirlarini to’liq anglab yetolmaydi. Balki o’zi atagan nom bilan cheklab qo’yadi. Chunki insonning so’zlari yoki nutqi har qancha boy bo’lmasin, u orqali barcha ma’noni ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun tabiatni bilishda odam faqat tiliga, so’ziga tayanmasdan diliga ham quloq tutishi lozim. Narsa yoki hodisani dildan his qilish, ular qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishi kerak. Ba’zi fanlarda aytilishicha, qadimgi odamlar hozirgilarga qaraganda tabiatni yaxshiroq tushungan ekan, ular o’z onglarini so’zlar bilan qalashtirib, shu doirada qotib qolmaganlar. Hozirda ham tarqqiyotdan uzoqda yashaydigan ba’zi qabilalarda ham shunday xislatlar mavjud. Qadimgi odamlarning ana shu xislatlari hozirdagi go’daklarda ham bor. Yosh bolalarda so’zsiz his qilish bormi? Yosh go’daklar ham tevarak atrofni qanday bo’lsa, shunday ko’radilar, qabul qiladilar, natijada kattalar ko’ra olmagan narsalarni ko’radilar. Ulg’ayganlari sari tillari chiqadi, kattalardan aql o’rganadilar. Tartib-intizom degan qoliplar ichiga tushadilar, kattalardan “u bunday, bu unday” degan so’zlarni o’rganadi. Bora-bora tevarak atrofni qabul qilish qobiliyatlari zararlanib qolishi mumkin. Pok qalbda so’zsiz bilish xislati bor So’zsiz bilish kishidag boshqalarning dilidagini sezish qobiliyatini keltirib chiqaradi. Shu jihatdan qaraganda jonivorlar, hayvonlar bir-birlarini odamga qaraganda ko’proq tushunadilar. Aytaylik, uy hayvoni odamga bir qarab qo’ydi. Shu ondayoq odamning dilida o’ziga nisbatan qanday (yaxshimi?, yomonmi?) fikr kechayotganini bilib oladi. Buni ayniqsa, itlarda yaqqol ko’zga tashlash mumkin. Har qanday qopag’on itga (albatta, qututmagan bo’lsa) dilingizda yaxshilik bilan qarasangiz, u sizga hujum qilmaydi. Jonivorlar bir birlarini ham ko’rgan zahoti niyatlarini bilib oladilar. Odamda esa bunday qobiliyat juda sust, uning qalb ko’zini so’zlar, ong, axloq-odob me’yorlari, ijtimoiy tartiblar ko’r qilib qo’ygan. Naijada, kulib quchoq ochib kelayotgan odamning dilida asli nima niyat borligini bilmay, sezmay, g’aflatda qolish mumkin. Dunyoni va hodisalarni so’z bilan to’liq ifodalab bo’lmaydi, balki so’zlar nisbiydir. Shuning uchun odamlar bir-birini tushunolmay muttasil urush –janjal qilib yuradilar. Ularda so’zlar nisbiy, taxminiy bo’lgani uchun ham bir-birlarini aldash imkoni ko’p. So’zsiz bilishda esa, aldov, munofiqlik kabi illatlarga o’rin qolmaydi. Chunki uni aql ilan tanib bo’lmaydi. Alloh yaratgan bu tabiatning ajoyib xususiyati shundaki, ong va aql aralashgan joyda tabiiy xislatlar chekinar ekan. “So’zsiz bilish” degan tushuncha bizga yangilik emas, faqat uni boshqacha atab kelamiz: “Ko’nglim sezib turuvdi”, deymiz. Ilmiy adabiyotlarda “intuitsiya” yoki “ichki hissiyot” deb ham yuritiladi. Hayotimizda shunday onlar bo’ladiki, biror masalani hal qilmoqchi bo’lib millionta savollar va yechimlar ichida chalkashib qolganimizda ko’nglimizdan nimadir “lip” etib o’tadi., ammo unga etibor bermaymiz. Keyin-keyin, hamma ish bitgach, xatoimizni anglaymiz-u: “ha, ko’nglim sezuvdi-ya!” deb pushaymon bo’lamiz. Mana shu – “so’zsiz bilish”, u doimo to’g’ri chiqadi, lekin biz hamma vaqt ham ilg’ab ololmaymiz. Hozirgi madaniylashgan odamning kata xatosi shuki, so’zsiz yoki fikrsiz umuman bilish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Bir narsani so’z bilan ifoda etib bo’lmaydimi, demak u – noto’g’ri, deb hisoblaydilar. Bunday xatoga yo’l qo’ymaslik uchun shuni anglash kerakki, “bilim” va “til” alohida – alohida mavjud bo’la oladi. Masalan musiqa va tasviriy san’atning alohida- alohida yo’nalish ekanligi bunga misoldir. Agar hamma narsani so’z bilan ta’riflash mumkin bo’lganda, balki insoniyat san’atning bu turlarini kashf etmagan bo’lardi. Tushimizda bizga kim gapiradi So’zsiz bilish, gaplashish, voqealarni tushunish tushda ham bo’ladi. Odam goho shunday tushlar ko’radiki, hech kim hech qanday so’z aytmaydi, lekin tush ko’raytgan odam ko’z o’ngidagi narsa yoki voqealarni so’zlar bilan izohlanganini eshitadi. Kim aytti bu so’zlarni, buni o’z ham bilmaydi. Lekin bunga hecham ajablanmaydi. Yana shunday ham bo’ladiki, odam uyg’ongach tushda ko’rgan narsa yoki voqea hech aqlga, mantiqqa mos kelmasligini sezib qoladi. Ba’zan, odam kasal bo’lgandagi alg’ov –dalg’ov tushlarini esa umuman so’z bilan tushuntirolmaydi, faqat o’zi his qiladi. Biz tushni “aljayi-anvoyi” yoki “alg’ov-dalg’ov fikrlar” deya o’rganib qolganmiz. Aslida bu – “so’zsiz gaplashish” yoki “so’zsiz bilish” jarayonidir. Ba’zi olimlarning fikricha, ko’nglimizda ayni haqiqatni yoki eng to’g’ri yo’lni ko’rsatib turadigan “narsa ” (shartli ravishda narsa dedik, chunnki boshqa so’z bilan ifodalab bo’lmaydi) – bu ruh ekan. Ruh o’z egasiga so’zsiz tushuntirar ekan. Biz esa “ko’nglik sezib turuvdi” deymiz. Sababi, ruhni hech qanday sezgi a’zosi bilan anglab bo’lmaydi, yoki so’z bilan to’la ifodalab bo’lmaydi. Agar inson nafsini va aqlini jilovlasa (har narsani aqlga sig’dirishni to’xtatsa), natijada uning ruhiy dunyosi quvvat topadi. Qadimda donishmandlar ba’zan qirq kunlab yolg’izlikda och holda yurganlar. Bu yo’l orqali sezgi va ruhiy quvvatlarini oshirganlar. Tuzuvchi: Muslim Vosidiy — — — Maqola yoqdimi? Do’stlaringizga ham yuboring (tugmalardan birini bosing): 11
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,
Manba: http://aql.uz/article_view.php?id=104

WordPress Themes