Bolalarda va kattalarda toliqish

 
    Toliqish avvalam bor kasallik emas. Bu holat. Toliqish haddan tashqari charchash, holsizlanish, mador qurishi, quvvatsizlanish tufayli yuz beradigan jismoniy va ruhiy holat.

 

Toliqish avvalam bor kasallik emas. Bu holat. Toliqish haddan tashqari charchash, holsizlanish, mador qurishi, quvvatsizlanish tufayli yuz beradigan jismoniy va ruhiy holat. Toliqish – bu odamning hamma a`zolarining o`ta susayishi. Toliqish bola ham jismonan, ham aqlan qattiq charchaganda sodir bo`ladi. Bolalar toliqqanda injiq bo`lib qoladilar. O`tirib yoki yotib oladilar, ishtaxalari yo`qoladi. Bolalarda bunday noxush holat qachon yuz beradi? Bolaning yoshi, quvvati, havoning issiq-sovuqligini hisobga olmay, u me`yoridan ortiqcha ishlasa, o`ynasa yoki dam olmay uzoq yursa toliqish paydo bo`ladi. Buni, murabbiylar bilishi lozim.

To`g`ri, hamma bolalar ham toliqavermaydilar. Ularning ba`zi birlarigina toliqadi. Shuning uchun bolalarga qarovchi tarbiyachilar, o`qituvchilar ularni o`z vaqtida kechiktirmay ovqatlansalar, ma`lum soatda o`ynatsalar yoki ish qildirsalar ko`ngilsiz holat – toliqiqish sodir bo`lmaydi. Bolalarning qaysi birlari ko`proq toliqadi? Bolalarning ihida kimning qoni kam bo`lsa, yoki qon bosimi tug`ma holda past bo`lsa, o`sha bola tez toliqadi. Tarbiyachi, o`qituvchi bolalarning har birini shaxsan bilishi kerak.

Bordi-yu, agar bolalarda toliqish yuz bersa uning holatini tez tiklash uchun nimalqar qilish kerak?

1. Unday bolani tez o`tqazish yoki yotqizib qo`yish, ya`ni uni dam oldirish birinchi tadbir bo`lmog`i kerak.

2. Unga issiq-issiq shirin choy berish kerak.

3. O`tirgan yoki yotgan joyida bolaning oyoqlarini issiq suvga solish lozim. Iloji bo`lsa jomga (vannaga) solish kerak.

4. Ozgina sho`r baliq (selyodka) yedirilsa ishtaxasi ochiladi.

5. Qaynagan o`rik suvi, shuningdek meva va sabzavot suvlaridan ichirish kerak.

6. Uzoq qaynagan suyuq ovqat ichirish ma`qul.

7. Turli mevalar berish kerak.

8. Bolani yotqizib, uning badanini yengil uqalash kerak.

9. Bolaning tiniqib uxlashi uchun sharoit yaratish zarur. Shunday qilinganda, boladagi toliqish tez va oson o`tadi.

Toliqisih oila sharoitida ham bo`ladi. Shuning uchun ota-onalar bolalarini tarbiyalashlarida ularni toliqtirib qo`ymasliklari kerak.

Toliqish och qolganda ham yuz beradi. Buni kattalar bilishi bolalarning uzoq och yurishi, ishlashi yoki o`ynashiga yo`l qo`ymasliklari shart.

Tez-tez toliqadigan bolalar ozib ketadi. Ularda toliqish ba`zan kimnidir sog`inganida ichikish tufayli ham bo`ladi. Lekin bu haqda ular hech kimga qaytmay “sir” saqlashadi. Shunday ekan, kattalar boladan hech qachon mehrini ayamasliklari, ularning ruhiyati o`ta nozik ekanligini hech qachon unutmasliklari kerak.

Toliqish ko`pincha bahorda “ilik uzildi” davrida ham kuzatiladi. Chunki bu vaqtga kelib mevalarning qurug`i ham tugaydi yoki kamayib ketadi, yangisiga hali yetilmagani natijasida badanida vitamin yetishmaydi. Yoz paytlarida ham toliqish kuzatiladi. Kunlar isib, ishtaxa yo`qoladi, shunda bolalar ko`pincha ovqat yemay surgalib yurishavershadi, bu esa toliqishga sabab bo`ladi.

Shunday qilib, toliqish garchand kasallik bo`lmasa ham, uning tez-tez takrorlanishi bolaning jiddiy kasalliklarga chalinishiga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun biz kattalar, bolalarga doimo e`tibor bilan g`amxo`rlik qilishimiz kerak. Bu ish ham “sog`lom avlod cuhun” kurash bo`ladi.

Kattalarda toliqish birmuncha xavflidir. Chunki ularda kasallikka qarshilik ko`rsatish juda past bo`ladi. Kattalarda ham toliqish sabablari bolalarnikiga o`xshash. Biroq kattalarning toliqishining o`ziga xos ko`rinishlari bor. Kattalar charchashdan tashqari, uzoq uxlamaganlarida ham toliqadilar. Shunda ko`zga hamma narsa go`yo oq bulut yoki tuman bilan qoplangandek ko`rinadi, shakl va ranglar yo`qoladi, narsalar odamning ko`ziga ikkilanib, uchlanib ko`rinadi va doim qimirlayotganday tuyuladi. Toliqqan odamning rangi oqarib, butun vujudini sovuq ter bosadi. Shunda holsizlanish nihoyat darajada kuchayadi. Ba`zan toliqqan odam o`tirgan joyidan turmoqchi bo`lsa, tizzalari titrab, xohishga bo`ysunmay qo`yadi.

Kattalardagi toliqishni yo`qotish uchun, birinchi galda ularga shirin iliq choy yoki suyuq ovqat ichirish zarur. So`ng, albatta, uyquga ketish lozim. Uyqudan uyg`onish bilan yengil cho`milish yaxshi. Toliqqanda spirtli ichimliklar ichish, kuchli qovurilgan ovqatlar iste`mol qilish maqsadga muvofiq emas.

Ishning ham, ovqatning ham, damning ham me`yoridagisi yaxshi. Bu barchaga tegishli. Shunda toliqish bo`lmaydi. Toliqish, kishining a`zosi badanini jismonan ham, ruhan ham nuratadi, kasallikka moyil qilib qo`yadi.

WordPress Themes