9-may – Xotira va qadrlash kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Tinchlik darsi” tashkil qilinadi. 

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikamizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Tinchlik darsi” tashkil qilinadi.

Mazkur darslar 1941-1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida tashkil qilinadi. Unda tinchlik uchun butun dunyo hamjamiyati bilan birgalikda harakat qilish lozimligi, Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash uchun jonini qurbon qilganlarni hamisha yodda tutishimiz zarurligini o‘quvchi-yoshlarga tushuntirish va bu orqali tinchlikning buyuk ne’mat ekanligini anglash asosiy maqsaddir.

Shuningdek, ta’lim muassasalarida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, harbiylar, mehnat faxriylari, mahalla faollari va boshqa tegishli jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirokida davra suhbatlari, ijodiy va xotira kechalari tashkil etilmoqda.

Bolalar musiqa va san’at maktablari esa 1941-1945-yillar urush va mehnat fronti faxriylari, keksa avlod vakillari uchun “Urush yillari navolari” nomli konsert dasturini namoyish etadilar.

Xalq ta’limi vazirligi
Axborot xizmati

WordPress Themes