Qiyofa ilmi -inson qiyofasiga ko’ra xulq atvorini taxmin qilish .

Qiyofa ilmi -inson qiyofasiga ko’ra xulq atvorini taxmin qilish Fizionomiya, boshqacha aytganda, qiyofa yoki farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko’rinishi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatuvchi ilmdir.

Qiyofa ilmi -inson qiyofasiga ko’ra xulq atvorini taxmin qilish Fizionomiya, boshqacha aytganda, qiyofa yoki farosat ilmi kishining ichki dunyosi bilan tashqi ko’rinishi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rgatuvchi ilmdir. Germaniyalik faylasuf Kant bu ilmga “ichki olamni o’rgatunuvchi ilm” deb ta’rif bergan. Fizionomiyaga tananing ko’rinishi, xususan, yuz chiziqlari yordamida kishining o’zini kashf etishi, deb qarash mumkin. Bizning ruhiy holatimiz vujud va yuzimizda aks etishini sezish qiyin emas. Kiyim –kechak tanamizni berkitgani kabi inson ruhiga kiydirilgan badan ham kishi aslini berkitib turadi. Ammo insonnig ruhiy olamida sodir bo’layotgan jarayonlar, masalan g’azablanish, shodlik, g’am-qayg’u, qo’rquv va hokazolar insonning yuz ko’rinishida ham ask etadi. Inson ruhiyatiga yashiringan jilvalarni o’rganish asosida qiyofa ilmi (fizionomiya) shakllangan. Fizionomiya faqat insonlar bilan emas, hayvonot, nabotot va tabiat bilan ham aloqador. Masalan, qadimgi ba’zi tabiblar paraselkus (Paracelcus) o’simligining tashqi ko’rinishini tadqiq qilib uning shifobaxshligini aniqlagan.

Qiyofa ilmi (fizionomiya) tarixi

Eski qo’lyozmalarda bayon etilishicha, qadimda Bobilda fizionomiyaning ilk ko’rinishlari bilan shug’ullangan kishilar yashagan ekan. Ular tush ta’birlarini aytish bilan ham shug’ullanib xalq orasida mashhur bo’lishgan. Arastu va uning shogirdlari inson xususiyatlari va hayvon ko’rinishlarini o’rganishgan ekan. Keyinchalik bu ilmning rivojlanishi natijasida kishining peshona qismida aqliy salohiyatini, ko’z bilan og’iz orasida majozni, jag’ning shakli va kattaligida faollik va jismoniy kuchni bildiruvchi belgilar yashiringani o’rganilgan. Bu soha mutaxassislari ana shu belgilardan foydalanib kishini salomatligini ham taxmin qilib aytib berishgan ekan. Qilingan yomon ishlar ruhiyatimizda dog’ hosil qiladi. Sihat salomatligimiz va hissiyotimiz yuzimizda aks etadi. Ichki xotirjamlik, to’g’ri ovqatlanish, me’yordagi uyqu, toza muhit va yaxshi niyat bu yo’lda bizga vositachi sifatida xizmat qiladi. Shuni unutmaslik kerakki bu fan har doim ham haqiqatga mos emas. Insonning a’zolariga qarab uning xulqini aytishda xatoga yo’lq o’yish ham mumkin. Shuning uchun insonni ko’rinishga qarab darhol u haqda yaxshi –yomon gumonga borish katta xato. Holbuki, yomonlikka moyil bo’lgan shaxs, ma’naviy tarbiya topib yaxshi insonga aylanishi mumkin. Xullas, bu ilmni inkor etib ham bo’lmaydi va bunga to’liq suyanib xulosa chiqarish ham to’g’ri emas. Shuni unutmaslik kerakki, ko’p hollarda insonning ichki dunyosi va xulqi uning yuzida, qiyofazida aks etishi ham mumkin. Hayotimizda turli toifadagi odamlar bilan uchrashamiz. Do’stu birodarlarimizning qarindosh-urug’doshlarimizning urf-odatlarini, fe’lu xarakatlarini yaxshi bilamiz va shunga qarab muomala qilamiz. Ammo yaxshi tanish bo’lmagan odam bilan uchrashganimizda va ish yuzasidan muloqotda bo’lganimizda darxol u odamga sinchkovlik bilan qaraymiz, xatti-xarakatini kuzatamiz ko’ziga tikilib undan biror ma’no o’qishga intilamiz, yuz tuzilishini, so’z, ovozi, tishu quloqlarigacha nazar solamiz yaxshi yoki yomon muloyim yoki qo’polligiga qarab xulosa chiqarishga va shunga qarab muomila qilishga intilamiz. Diqqatingizga havola etgan («Ilmu qiyofa») deb atalgan ilm ham shu asosda vujudga kelgan. «Ilmu qiyofa» Ota-bobolarimiz asrlar osha odamlarning fe’lu atvorlarini o’rganganlar. Goh yutib, goh aldanganlar. Kishilarning gavda tuzulishlariga qarab, bundan xulosa chiqarganlar, bu xulosalar oqibat natijada dono odamlar tomonidan yig’ilib to’plam shakliga kelgan. Bu kitob esa «qiyofat-ul bashar» «Odamlarning qiyofasi», «Ilmu qiyofa», «qiyofadan aniqlash» va ilmu farosat (farosat bilan bilish) deb atalgan. Asrlar osha qo’lda qo’lga o’tib, avval qo’lyozma, so’ng bosma holda arab, fors va o’zbek tillarida keng tarqalgan. Mulla Obidjon kitobfurush Namangoniyning sa’iy-harakati bilan 10 ming nusxa miqdorida chop etilgan. Kitob oxirida xotima berilgan bo’lib, kitob forsiy tildan turkchaga tarjima etilgani ko’rsatilgan. Kitob 1909 yilda nashr etilgan. Kitobni o’qish jarayonida shu narsaga diqqat qilish lozimki, u bizga o’tmishdan qolgan yodgorlik, unda aytilgan narsalar yuz foiz to’g’ri deb hech kim aytmaydi. Ammo unda aytilgan ko’pgina nishonalar haqiqat bo’lib, buni inkor qilish ham qiyin. Uning asrlardan-asrlarga o’tib, xalq orasida o’qilishi ham unda qandaydir haqiqat borligini bildiradi. Kishilarning shakli va rasmiga qarab hukm chiqarish hozirgi paytda davlat xavfsizlik komitetlarida, kiriminalistikada, ba’zi vrachlar yoki ekspertlar tomonidan diognoz qo’yishda ham qo’llab kelinmoqda. Ovro’pada ham bu fan qadimdan to shu paytgacha davom etilayotgan bo’lib, fan tilida fiziognmika deb ataladi. qiyofa ilmini masxarabozlik yoki birovning ustidan kulish uchun deb o’ylamaslik, unga jiddiy fan deb qarash lozim. Bu ilm arboblarining yozishlaricha, birov haqida hukm chiqarayotsa masalan, tishining so’iloq, burnining egri, sochining siyrakligiga qarab emas, balki gavdaga umumiy qaragan holda, barcha a’zolarni bir-biriga taqoslab, hamma nishonalarni solishtirib, so’ng xulosa chiqarish kerak. Chunonchi kitobning xotimasida ham shu fikr quyidagicha ta’kidlanadi. «Ilmi qiyofa»ni egallagan mohir kishi har kimda yomon sifatlarga dalil bo’ladigan alomatlarni ko’proq ko’rsa va yaxshi sifatlariga dalil bo’ladigan alomatlarni kamroq ko’rsa, bunday kishi haqida yomon deb xulosa chiqarishi, yaxshi sifatlariga dalolat qiladigan sifatlarni ko’proq ko’rsa «yaxshi deb hukm qilishi», yaxshi va yomon sifatlari barobar bo’lsa, yaxshi-yomonliklari o’rtacha ekan, deb aytmog’i lozim. Yuqoridagi jumlalardan ko’rinib turibdiki, odamning yaxshi-yomonligi haqida shoshib hukm chiqarishi mumkin emas, avvalo barcha narsani chamalash aql tarozusiga solish, so’ng yakun yasash kerak. Bundan tashqari, yuqorida aytilganidek «Ilm qiyofani» egallagan mohir kishigina bu ishga qo’l uradi va hukm chiqarishi zarur. «Sizlar yaxshilikni chiroyli yuzli kishilaridan qidiringizlar» degan hadis bor. Xaqiqatdan ham bu hadis kishining tashqi qiyofasi uning ichki olamidan xabar berishga yaqqol dalildir. — Chiroyli ochiq yuzli kishining qalbi ham go’zal bo’ladi, u dono va aqlli bo’lib dunyoning ortig’i va kamiga g’am chekmaydi. Boshqalarga mehru oqibatli bo’lib, doimo kulib turadi. Ichki olamning tozaligi zebolik va tarovat baxsh etib turadi. Ular odamlarning ongiga bemalol bora oladilar va dardu hasratlarini qo’rqmay ayta oladilar, xo’mraygan badqovoq kishining oldiga kim ham jur’at qilib bora oladi. Bunday odamning ichki olami tashqi olamida aks etgan bo’ladi. Uning qo’pollik qilishidan odam bezillaydi, xo’mraygan odam badfe’l odam qanday birovga yaxshilik qilsinq «qiyofat ul bashor»ning bir yerida o’qiymiz» har kimning ranjalari (barmoqlari) uzun bo’lsa, umri uzun bo’ladi» Biroq xayotda barmoqlari uzun bo’lib uzoq yashamaganlar ham bor. Buni qanday tushunsa bo’ladi. Ko’pchilik bunga «Bu taqdiru azal taqdirida shunday bo’ladi deb yozilgan taqdirdan esa qochib qutilib bo’lmaydi deb javob beradi: ha o’tmishda odamni taqdirning haqiqiy qumiga aylantirib qo’yadigan odamlar va oqimlar mavjud edi. Ularning fikricha odam rol bajaradigan artistga o’xshaydi. Xudo uni yaratib dunyoda nima ishlar qilishini yozib qo’ygan u ana shu yozilganlarni ijro etadi. Bunday fikrlarni biz Umar Xayom ruboiylarida yaqqol ko’ramiz. Biroq bu fikrga XII asrning buyuk olimi Imom Muhammad g’azoliy chek qo’yadi va insonda ham ixtiyor borligini qur’on Karim oyatlari va hadislar asosida isbotlab beradi. Bu fikrni Sufi Olloyor «Sabot ul-ojizin» kitobida rivojlantiradi. Biroq qazoiy mubram bilan qazoi muallaqni inson bilib ololmaydi. Lekin har ehtimolga qarshi u qazoiy muallaqqa qarshi kurashadi va uning oldini olishga harakat qiladi. Bu esa islom dini ko’rsatib otgan zakotlarni va q tida berish ayniqsa beva-bechora yetim yesirlarga sadaqa qilishdir. Sadaqa yetmish baloni qaytaradi dedilar xabarlarda. Shuning uchun Muhammad alayhissalom bir qancha hadislarda sadaqa qilishni buyuradi va kasalliklaringizni sadaqa bilan davolanglar deyiladi.

-Qiyofa va farosat.

-Hamd va salovatdan so’ng donodil do’stlarimizning nurli va qalblariga soflik suvlari tomchilab turadigan ko’ngillariga maxfi qolmagaykim, bu risolaning mavzusi «Ilmu qiyofa» (qiyofadan bilish) va «Ilmiy farosat» (Farosat bilan sezish)dir. Bu ilm g’oyat aziz va zaruriy ilmlardan hisoblanadi. Zero bu ilmdan foydalangan va uni amalga tadbiq qilgan kishi, odamning basharasiga qarab, kuzatish orqali hech qanday sinov va tajribalarsiz, uning yaxshi va yomon xislatlaridan ogoh bo’ladi. Agar kishining qiyofasidan yaxshi sifati va chiroyli fe’li ma’lum va oshkor bo’lsa, do’stlik yo’lini tutadi. Bordiyu qiyofasidan yomon xislat va qabih fe’li ravshan va ma’lum bo’lsa, do’stlikni tark etib, suhbatdan uzoqlashib fasod va zararlilardan emin va salomat bo’lishi zarur.

Hikoyat: Keltirilishlaricha, qadim zamonda hakimlardan biri o’z zamonasidagi odamlarning yomonligidan ko’ngli og’ribdi. Va bu dono zot shahardan chiqib ketib, tog’ning ustiga chiqib, yashay boshlabdi. Ammo eshigi oldiga bir mohir rassomni tayin qilib qo’yibdi. Shahar xalqidan kimki bu faylasuf, olimni ziyorat qilish uchun kelsa, mazkur rassom u kishining suratini qog’ozga chizib, hakimga olib kirib ko’rsatar ekan. H akim suratni «Ilmi qiyofa» bo’yicha diqqat bilan kuzatib, qiyofasida yaxshi kishini topsa, ichkariga ruxsat berar va u bilan suhbat qilar ekan. Bordiyu basharasidan xiyonatkorlik belgisi namoyon bo’lsa, darvozadan qaytarib yuborar ekan. Kunlardan bir kun bir kishi uni ziyorat qilish uchun keldi. Rassom o’z odati boyicha u kishining rasmini chizib xakimga kiritdi. Hakim rasmni diqqat bilan kuzatib bu kishining yomon va ko’ngli qora ekanligidan xabar topib ichkariga kirishga ruxsat bermay darvozadan qaytarib yuborishga ishorat qildi. Bu kishi esa hakimga «Ey hakim, sen qiyofaga qarab mening fe’lli ekanimdan xabar topding. Ha, bu rost, haqiqatdir. Lekin men riyozat va mehnat sababli barcha yomon xislatlardan o’zimni tozalab eng yaxshi sifatlar bilan bezanganman. Mandan birorta zarar yuz beradi deb o’ilama va fayz taratuvchi suxbatingdan mahrum qilib qaytarma» degan xabarni kiritdi. Shundan so’ng hakim o’z xuzuriga yo’l berdi.

— Bayt.                                                                                             Hakimga ani xush payomi yetti,                                                        Talab aylab kelturub, suhbat etti.

— Demak bu ilmning foydasi har ikki tomonga ham ta’sir etadi. Birinchi foydasi shuki, bu ilmning yo’llanmasi, bilan kishi o’zining aybu nuqsonlaridan ogoh bo’lib, yomon xislatlaridan qutiladi. Ikkinchi tomoni shuki, boshqa kishilarning ayblaridan xabar topib, ularning ziyon-zahmatlaridan salomat bo’ladi.

— Ilmi qiyofaning bayoni .                                                              Mo»tabar faylasuflar va donishmandlar, hakimlar odamning barcha a’zolari kishining yaxshi xulqlari va yomon sifatlarini bildiruvchi vositalardir, deb tayin qilganlar. Odamning tashqi tomonidan ko’rinib turgan har qanday a’zo ichki olamidagi yaxshi va yomon tomonlariga dalil bo’lishini tajribadan o’tqazganlar. H ikoyat: Naql qilishlaricha, bir kishi chiroq yoqib o’qiyotgan edi. Unda «Soqolning uzunligi ahmo q likka dalildir.» deb yozilganini ko’rib qoldi. Soqolini ushlasa juda uzun ekan. Ahmoqlar qatoriga kirib qoldim, deb soqolini ma h kam tutamladi va o’ziga o’zi: Ushbu tutamidan ortiqchasini chiro q da kuydiraman, bir tutami qolsa yetadi dedi va shoshganicha soqolini chiroqqa tutgan edi hammasi kuyib ketdi. Bunday qilishi uning ahmoq ekanligiga dalildir. — Boshning alomatlari. Har kimning boshi katta, to’rtburchak va tep-tekis bo’lsa, sochlari qalin va qattiq bo’lsa, uning aql sohibi fahmu farosat va himmatliligidan dalildir. H ar kimning boshi kichkina, cho’ziq, sochlari kam siyrak bo’lsa, uning ahmoq, nodon zehni past gumrohu betamiz ekanligidan dalolatdir. — Peshona alomatlari. Har kimning peshonasi keng va chiziqlarsiz, tekis bo’lsa, boshqa nishonalari bo’lmasa, bu kishining ginachi, badnafs, yolg’onchi , aldoqchi, kibru havoli ekanini namoyish etadi. Har kimning peshonasi o’rtacha bo’lib, o’rtasida chiziq va yo’llar bo’lsa, u kishining rostgo’y, sadoqatli do’st ekani va tadbirkor, baxtu davlatli ekanidan dalolatdir. Har kimning peshonasi tor bo’lsa, u kishining behayo va nodon, qo’rkoq, falokat va kasofatli bo’lishi shubhalidir. Peshonasidagi chiziqlarning har biri o’n yillik umrga dalolat qiladi. Shunga qiyosan chiziq qancha ko’p bo’lsa, umr shuncha uzoq bo’lishidan dalolat beradi.

— Qoshning alomatlari. Kimning qoshi qalin uzun va mo’ylari ko’p bo’lsa, u kishining takabbur, johil va o’zbilarmonligidan dalolatdir. Kimning qoshi bir-biriga tutash bo’lsa, bunday kishi ulfat va mehribon bo’ladi. Agar bu sifat erkak kishida bo’lsa, bunday erkak o’z xotinini yaxshi ko’radigan, ayolda bo’lsa, bunday ayol jinsiy suhbatni yaxshi ko’radigan bo’ladi. Har kimning qoshining uchi ingichka bo’lib avvali yo’g’on bo’lsa, bunday kishi urushqoq va fitnachi ekanini bildiradi. Agar qoshlari baland bo’lsa, aqli kam o’zi takabbur bo’ladi. Agar qoshining mo’ylari uzun bo’lsa, bu mazkur kishining himmatli, shijoatli, ayni paytda achchig’i tez va urushqoq bo’lishidan dalolatdir.

— Ko’zning alomatlari. Kimning ko’zi katta va qora bo’lsa, bunday kishi sust va beg’ayrat bo’ladi. Ko’zlari kichik bo’lsa, engil va fahmi kam bo’ladi. Katta kichikligida o’rtacha bo’lsa, xayoli va vafoli bo’ladi. Kimning ko’zi chuqur bo’lsa, bu o’sha kishining takabbur, fosiq o’zgalarning moli va haqidan qo’rqmaydigan, yuragi egri bo’lishidan dalolatdir. Agar kishining ko’zi irg’ib chiqqan bo’lsa, bunday kishi behayo va baxil bo’ladi. Har kim ko’zini hadeb ochib yumib tursa bunday kishi aldoqchi yoki o’g’ri bo’ladi. Har kimning ko’zi kichik va ko’k bo’lsa, bunday kishi xiylagar va aldoqchi va shaxvatparast jinsiy aloqaga ishtiyoqmand bo’ladi. Agar ko’zi mushukning ko’ziga o’xshagan yumaloq bo’lsa, bu mazkur kishining saodatli va shodmon bo’lishidan dalolatdir. Ko’zning katta va kichikligida, qora va qizilligida o’rtacha bo’lishi kishining yaxshi xulqli, yaxshi odatli bo’lishini bildiradi. Har kimning ko’zi oqida qizil tomirlari bo’lsa, bunday kishi shahvatparast bo’ladi.

— Quloqning alomatlari Kimning qulog’i katta bo’lsa, bunday odam yaxshi bo’lib eshitgan narsasini esdan chiqarmaydigan, umri uzun ba’zan achchig’i chiqib turadigan bo’ladi. Kimning qulog’i kichik bo’lsa, nodon va johil bo’ladi, Ammo qulog’i o’rtacha kishi aqlu farosatli va saodatmand bo’ladi. Har kimning qulog’i ostidagi yumshog’i sergo’sht bo’lsa, badavlat bo’ladi. — Burunning alomatlari. Har kimning burni ingichka bo’lsa, bunday kishi yengiltak va kam aql bo’ladi. Har kimning burni yapaloqva teshiklari katta bo’lsa, bunday kishi serharakat hamda achchig’i tez bo’ladi. Burun ikki tarafining balandligi va o’rtasining pastligi kishining kamgap va qashshoq bo’lishidan nishonadir. — Labning alomatlari. Har kimning labi qalin va sergo’sht bo’lsa, bunday kishi ahmoq va betamiz, boshqalarga nisbatan adovat va xusumat saqlaydigan bo’ladi. Kimning labi yupqa bo’lsa, bunday kishi xushfahm va g’azabli bo’ladi. Kimning labi kizil bo’lsa, bunday kishi saodatli va nasli toza bo’ldi. Labi sarig’ odam kasal bo’ladi. Og’izning alomatlari Og’zi katta odam yurakli baquvvat bo’ladi. Og’zi kichik kishi esa yuraksiz va qo’rqoq bo’ladi. — Tishning alomatlari. Har kimning tishi katta va bir-birga yopishgan bo’lsa, bunday kishi yomonlik qiluvchi bo’ladi. Tishlari mayda va orasi ochiq kishi esa sog’lom bo’ladi. Hamda orasi ochiq kishi yomonlik qiluvchi bo’ladi. Tishlari mayda va orasi ochiq kishi esa sog’lom bo’ladi, hamda kasallikka kam chalinadi. Kimning tishi egri va notek i s bo’lsa, bunday kishi aldovchi va xiyonatkor bo’ladi. H ar kimda tishning oralari ochiq bir tekis va katta kichiklikda o’rtacha bo’lsa, bunday kishi saodatli, odil insofli va rostgo’y bo’ladi. — Tilning alomatlari. H ar kimning tili va og’zining ichi kizil bo’lsa, odam baxtli va xushfe’l bo’ladi. Tili qora yoki sariq kishi ba’dfel va naxs tabiatli bo’ladi. — Jag’ning alomatlari . Kimning jag’i otning jag’iga o’xshagan va kamgo’sht bo’lsa, bunday kishi xushfe’l bo’ladi. Kimning jag’i go’shtli bo’lsa, nodon va takabbur bo’ladi. O ‘rtacha jag’li kishi aqlli farosatli va hunarmand bo’ladi. — Bo’ynning alomatlari. Bo’yni kalta kishi hiylagar va aldamchi bo’ladi. Kimning bo’yni sergo’sht va yo’g’on bo’lsa, bunday kishi rostgo’y insofli va maslahatgo’y bo’ladi. Kimning bo’ynida bitta chizig’i bo’lsa, umri uzun, ikkita chizig’i bo’lsa, hunarmand, uchta chizig’i bo’lsa, badavlat bo’ladi. — Yuzning alomatlari. Har kimning yuzi sergo’sht bo’lsa, g’ayratsiz, har narsani tezda yoddan chiqaradigan va qo’pol bo’ladi. Yuzida go’sht bo’lmasa yomon niyatli va yovuz fikrli. Yuzining go’shti o’rtacha bo’lsa, xushfe’l bo’ladi. Rangi sariq kishi ham yomon niyatli bo’ladi. — Soqolning alomatlari. Soqoli oz kishi ziyrak va dono, aqilli va xushyor bo’ladi. Har kim ingichka soqolli bo’lsa, og’ir, sabrli va andishali bo’ladi. — Elkaning alomatlari Har kimnning yelkasi kamgo’sht va oriq bo’lsa, bundam kishini ko’nglida yomon hayol fasod o’ylar bo’ladi. Kishining yelkasi sergo’sht va yo’g’on bo’lsa, ahmoqlik belgisidir. Kimning yelkasida juni ko’p bo’lsa, kambag’al bo’lishidan dalolatdir. Kimning yelkasi junsiz va o’rtacha bo’lsa, bu uning aklu farosatli, saodatli va tabiati nozik bo’lishidan dalolatdir. — Bilakning alomatlari. Har kimning bilagi uzun va qo’ltig’ sergo’sht bo’lsa, baxtu iqboli va rizqi baland bo’ladi. Bilagi kalta va qo’ltig’i kamgo’sht bo’lsa, kambag’allikdan dalolatdir. — Ko’krakning alomatlari. Har kimning ko’kragi keng va sergo’sht bo’lsa, bo’lsa, bu baxtiyorlikning nishonasidir. Ko’kragi tor va kamgo’shtlik bo’lsa, naxs va badbaxtlik alomatidir. Kimning ko’kragi katta bo’lsa, badavlat va serfarzand bo’ladi. Bordiyu, bir ko’kragi katta bo’lib, bittasi kichik bo’lsa, badbaxtlik belgisidir. — Qorinning alomatlari. Qorni o’rtacha bo’lsa, maslaxatli, akli komil va xushyor bo’ladi. Kimning qornida bir chizig’i bo’lsa, u kishi xushfe’ldir. Ikkita chizig’i bo’lsa, ayol bilan ko’proq ulfat va suhbatdosh bo’ladi. Uchta chiziq bo’lsa, a q lli ilmli va xushyor bo’ladi. To’rtta va beshta chiziq yo’llar bo’lmasa, bunday kishi iqbol egasi bo’ladi. Kimning kindigi katta va yumaloq bo’lsa, saodatli va badavlat bo’ladi. — Belning alomatlari Har kimning beli yo’g’on bo’lsa, bu quvvatli, shijoatli va takabbur bo’lishidan dalolatdir. Kimning beli egik ekan, u yomon fe’lli bo’ladi. Har kimning beli o’rtacha bo’lsa, bu saodatli va baxtiyorligidan dalolatdir. — Rangning alomatlari. Har kimning rangi anor donalariga o’xshab qizil bo’lsa, bunday kishi tez-tez xafa bo’lib turadigan har ishni shoshib qiladigan bo’ladi. Kimning rangida oq-qora ko’p bo’lsa, xushxulq va yaxshi fe’lli bo’ladi. Kimning rangi qizil bo’lib, qoraga moyilroq bo’lsa, yomon xulqli bo’ladi. — Badanning alomatlari. Har kimning badani muloyim bo’lsa, fahm-idrokli, tabiati latif, o’zi ozoda bo’ladi. Har kimning badani qattiq bo’lsa, baquvvat, ammo betamiz va befahm bo’ladi. Har kimning terisi nafis va muloyim bo’lsa, yaxshi fe’lli va sifatli bo’ladi. — Mo’y (soch)ning alomatlari. Har kimning badanidagi mo’ynalari baquvvat bo’lsa, u kishining shijoatli va bahodirligidan darakdir. Mo’yi kam bo’lsa, latif va aqlining ko’pligidan dalolatdir. Kimning mo’ylari sariq bo’lsa, bu ahmoqligidan nishonadir. Mo’ylari qizil bo’lsa, paxlavon va asabi sog’ bo’ladi. Har kimning badanidan bir teshikdan bir mo’y chiqqan bo’lsa, bu badavlat bo’lishi nishonasidandir. Agar ikki dona chiqsa xunarmand ekanligidan dalolatdir. Agar uchta chiqqan bo’lsa, bunday kishi ser ibodatligidan belgidir. Mo’ylarining ingichkaligi badavlatligidan dalolatdir. Kimning ovozi baland va yo’g’on bo’lsa, botir bo’ladi. Ovozi muloyim va ingichka bo’lsa, bunday kishining barcha fe’li va odatlari yaxshi bo’ladi. Xunuk ovozli kishi ahmoq bo’ladi. Muloyim va sekin so’zlaydigan kishi oqil va dono bo’ladi. So’ylaganda qo’li bilan ishorat qilib turgan kishi ziyrak va farosatli bo’ladi. — Kulgining alomatlari. Har kim qattiq ovoz bilan qah-qaha urib kulsa, bunday kishi nodon va behayo bo’ladi. Kulganda past ovozda kuladigan kishi andishali, hayoli, xushxulq va vazmin bo’ladi. — Qomatning alomatlari. Har kimning bo’yi uzun bo’lsa, ahmoq bo’ladi. Qisqa bo’lsa, fitnachi bo’ladi. O’rta bo’yli kishi dono va farosatli va ko’ngli toza bo’ladi. — Yurishning alomatlari Har kim yurganida oyog’i egri bo’lsa, bunday odam kattalarni g’iybat qiladigan va ularni yomon sifatlar bilan esga oladigan soladigan bo’ladi. Kimki yo’l yurganda belini va undan pastini qimirlatib yursa, bu kishi orqa chiqaruv a’zolariga qichima kasalligi degan dardga mubtalodir. Tez-tez yurgan kishi qahru g’azabi ko’p bo’ladi. Yurganda sekin qadam qo’ysa, bu g’amginlik alomatidir. O’rtacha tezliqda yurish tashqi va ichki tomondan yaxshi sifatlarga egalik dalilidir. Yerni qattiq bosib yurish bad-baxtlik nishonasidir. — Kaftning alomatlari. Har kimning kafti sergo’sht bo’lsa, badavlat bo’ladi. Kaftlari qizil bo’lsa, xushfe’l va tabiati ozoda bo’ladi. Kaftlari sariq rangli bo’lsa, fosiq va yomon bo’ladi. Agar kaftlari oq va qora rangli bo’lsa, badbaxtlik nishonasidir. Kaft chiziqlari ko’p bo’lsa, yo oz bo’lsa, ham yomondir. O ‘rtacha bo’lsa, u kishi saodatli va iboli bo’ladi. — Panjaning alomatlari Kimning panjalari uzun ekan umri uzun bo’ladi, panjalari kichkina va muloyim bo’lsa, baxtiyorlik nishonasidir. Panjalari yurganda orasi ochiqtursa, kambag’al bo’ladi, yumganda jips bo’lsa, badavlat bo’ladi. — Tirnoqning alomatlari. Kimning tirnoqlari qizil bo’lsa, olim, aqli ko’p va ziyrak badavlat va tabiatan sahiy bo’ladi. Tirnoqlarining sariq va qoraligi bunday kishining parishan-xol, kambag’al va baxtsiz bo’lishidan dalolatdir. — Sonning alomatlari . Kimning soni go’shtdor bo’lsa, xotini bilan ko’proq ayshu ishrat qiladi. Soni qattiq, mo’ylari oz bo’lsa, badavlat bo’ladi. Kimning oyog’i sermo’y va yo’g’on bo’lsa, hayotda ko’p piyoda yuradi va kambag’al bo’ladi. Kimning oyog’i uzun bo’lsa, takabbur va hasadchi, kalta bo’lsa, kambag’al va bechoralik nishonasidir. O ‘rtacha bo’lsa, shijoatli, saxovatli, baxtiyor va zoti poklikdan dalolatdir. — Oshiqning alomatlari Har kimning oshig’i sergo’sht bo’lsa, badavlat bo’ladi. Oyog’ida junlari bo’lsa, kam farzand bo’ladi. Kimning oshig’i kichik va yumshoq bo’lsa, badavlat bo’ladi. Oshig’i uzun va egri bo’lsa, qashshoq va beiqbol bo’ladi. — Peshonaning alomatlari. Har kimning poshnasi kichik va muloyim bo’lsa, badavlat bo’lishidan nishonadir. Agar poshnasi katta va egri bo’lsa, kambag’al bo’ladi. Har kimning poshnasi go’shtdor va yurganda yalpaygan bo’lsa, kambag’allik nishonasidir. Agar oyog’ining ostida chiziq bo’lsa, bu oda aksar piyoda yuradi. Oyog’ining osti qizil va yumshoq bo’lsa, aqlli va badavlat bo’ladi. H ar kimning ikki oyog’i ko’ndalangligiga qarab kovagi bo’lsa, bunday kishi doim otda yuradi. — Oyoq panjalariniig alomatlari. Kimning oyoq panjalari katta, ingichka va uzun bo’lsa bu tezfaxm ekanligining dalildir. Panjalari bir-biriga yopishgan bo’lsa, yaxshilik alomatidir. Panjalari bir biriga yopishgan bo’lsa, parishonholdir. Agar boshmaldog’iga nisbatan yonidagi barmog’i uzun bo’lsa, bunday odam baxtli va moldor bo’ladi. Oyoq panjalari kichik bo’lsa, bunday kishining zoti past, o’zi yomon sifatli bo’ladi. Kimning boshmaldog’i katta va yo’g’on bo’lsa, bunday kishi jahongashta bo’ladi. H ar kishining oyoq tirno q lari sariq yoki qora bo’lsa, aybdorligidan xabardir. Tirno ql arining qizil va musoffoligi xunarmandligidan belgidir. Ilmi qiyofani egallagan mohir kishi har kimda yomon sifatlarga dalil bo’ladigan alomatlarni kamroq ko’rsa, bunday kishi xaqida yomon deb xulosa chi q arishi, yaxshi sifatga dalolat qiladigan sifatlarni ko’proq k o ‘rsa, yaxshi deb hukm chi q arishi, yaxshi va yomon sifatlarni barobar bo’lsa, yaxshi yomonliqda o’rtacha ekan deb aytmog’i lozim. Bu zikr etilgan alomatlar erkak va ayollar uchun barobardir. — Har xil alomatlar bayonida. Har kimning peshonasida qora xoli bo’lsa, bunday kishi badavlat va baxtu iqbolli bo’ladi. Har kimning yelkasi filning yelkasiga o’xshab do’ng bo’lsa, badavlat bo’ladi. Har kimning yelkasi maymunning yelkasiga o’xshab kam go’sht va chuqur bo’lsa, kulfatli va qashshoq bo’ladi. Mayin soch qo’rqoqlik, dag’al soch zo’rlik alomatidir. Masalan: quyon, qo’zichoq, tulkining tuki mayin o’zi esa soyadan ham qo’rqadi. Sher va qo ‘tosning tuki dag’al o’zi zo’r bo’ladi. Qornini tuki bosgan maxluq extirosli bo’ladi. Buni qushlar misolida isbotlash mumkin. Soch dag’al, bo’y baland, qorni katta, yelka keng, kallaning orqasi do’ng, ko’krak sergo’sht, kuymich ingichka ko’z quruqshagan va qizg’ich, peshona keng va uzunchoq bo’lsa, cho’tkesar va iymoni musta h kam bo’ladi. Bularning aksi lanjlik alomatidir. Mushaklarning zaifligi, o’rtamiyona semizlik, fikrni so’z bilan emas, ko’proq xarakat bilan tushuntirishga urunish, terining yumsho qligi mushfiq mehribon va iffat alomatidir. * * * Kimning chehrasi siniq, qoshi baroq, harakatlari beo’xshov bo’lsa, u hamisha ruhan ezilgan va osudaligini yo’qotgan bo’ladi. * * * Boshini xiyol o’ngga burib, odimini katta tashlab qo’l tashlab yurish olijanoblik va omadlilik alomatidir. * * * Kimning ustki labi qalin va ostkisidan keng bo’lsa, toshib pishib yursa, kamdan kam rost gapiradi. Ko’zi chuqur odamlar maymunday o’jar. Ko’zi bo’rtib chiqqan odamlar eshakday kaltafahm bo’ladi. * * * Yuzi qip-qizil odam sharobga o’ch bo’ladi. Me’yoridan o’tkazib yuborgani uchun aftu basharasi shunaqa bo’ladi. * * * Ko’kragida va qornining tuk bosgan odamlar beqaror va beparvo bo’ladi. Bu toifa odamlarni qushga o’xshatish joiz. * * * Nigohi o’tday odam ofatijon va shaddod bo’ladi. * * * Sekin tovush chiqarmay yuradigan odam botini iztirobga to’la bo’ladi. Bu toifa odamlar ba’zan mehnatsevar ham bo’lishadi. * * * Rangining oppoqligi, burnining nosqovoqqa o’xshashi ko’zining shilpiqligi xotin-bolasiga beparvo va latta odamlarga xos alomatdir. Bunaqa odam xech qachon quyushqondan chiqmaydi. * * * Kimning bo’yni yo’g’on va katta bo’lsa, jahli tor, fe’li bad bo’ladi. Ingichka, va uzun bo’y jasorstsizlik alomati. Bunaqa odam o’z soyasidan ham qo’rqadi. * * * Ostki labi qalin bo’lib, xuddi osilib turganga o’xshasa, u odam kallavaram fahmu farosatsiz bo’ladi. * * * Kimning burun uchi yo’g’on bo’lsa, imillab xarakat qiladigan bo’ladi. Burunning uchi ingichka bo’lsa, u badjaxl va ariday chaqadigan bo’ladi. * * * Agar odamni yoshligidayoq podshoh qilib ko’tarishsa va uning ko’ngli yumshoq bo’lsa, uzoq umr ko’rmaydi. Saltanati tez inqirozga uchraydi. Uning hukmronlik davrida mamlakatda juda ko’p ko’z ko’rmagan, quloq eshitmagan hodisalar sodir bo’ladi. * * * Agar odam ayni kuchga to’lgan yoshida podsho h bo’lsa, xokimiyati darrov zavolga uchraydi. * * * Agar odam qirq-ellikdan keyin podshohlikka o’tirsa buning ustiga u xushfel va xushta’b bo’lsa, saltanati uzoq yillar mustahkam bo’ladi. * * * Kimki past tovushda gapirsa jur’atsiz bo’ladi, kimki chinqirib palapartish gapirsa, befahm befarosat bo’ladi. Kimning qoshlari orasi keng, yuzi xiyol cho’zinchoq bo’lsa, bunday kishi jasur va dadil bo’ladi. Bunaqa odam uzoq umr ko’radi. * * * Labi do’rdoq, burni pachoq xamisha yerga qarab gapiradigan odam landovur bo’ladi. Ko’zlari kichkina kipriklari uzun peshonasi katta, og’zi katta, sochi qo’ng’ir boshi tepakal bo’lsa, u odam berahm va shariatsiz bo’ladi. * * * Qush burun kishilar ishyoqmas bo’lishadi. Foydali Hikmatlar Dushmanining senga o’zini yaqin tutishiga aldanma. U bamisoli suv. Ko’proq qizdirilsa, tagidagi olovni o’chirishi mumkin. * * * Har qanday yo’qotgan narsangning evazi bor. Do’stni yo’qotsang, evazi yo’q. * * * Qarab amaliga, qiylu holiga, Maqtashga shoshma, boq so’nggi holiga. * * * Bilib turib o’zini bilmaganga olgan ziyrak kishi haqiqiy oqildir. * * * Q odir bo’laturib g’azab qilmaslik — go’zal xulqdir. * * * Savol: Sahobalar amal qilish niyatida savol berishgan. Xo’sh, biz-chi? * * * G ‘azab shaytondandir. Shayton olovdan yaralgan. Agar g’azab kelsa, bas, tahorat qiling. * * * Agar Islom shu bo’lsa, unda barchamiz Islomga kiramiz va xotirjam bo’lamiz. * * * «Kimki: anavi kishining xulqi menikidan yomonroq — degan gumonda bo’lar ekan, u mutakabbirdir» * * * «Shak-shubhasiz, sizlarning ustingizda (qilgan har bir amalingizni) yod olib, yozib turguvchi ulug’ (farishta)lar bordir». *** Ojiz odamlarni ziyorat qilish kamtarlik va xush-xulqlik belgisidir. * * * Hadis: «To arablar yeriga yaylov va daryolar qaytmagunicha, qiyomat qoyim bo’lmaydi». Ilmingga amal qilmaguningcha olim bo’lolmaysan. * * * Baliq boshidan sasiydi. Ammo uni dumidan tozalaydilar. * * * «Mo’min kishiga ikki rakat namoz o’qishdan ko’ra yaxshiroq narsa berilmadi». * * * Bilginki, ilming bugun seni ma’siyatlardan qaytarib, toatga undamayotgan ekan, ertaga jahannam azobidan ham to’sa olmaydi. * * * Sharq haqni topdi dunyodan kechib, g’arb dunyo topdi Allohdan kechib. * * * O’zingni yaxshi ko’rishing o’zingni halok qilishingdir. * * * Fikrini to’g’rilik bilan, tilini rostgo’ylik bilan, amalini sahovat bilan bezay olgan odam baxtiyordir. * * * «Kim amal daftarini ko’rib, sevinishni xoxlasa, ko’proq istig’for aytsin». * * * Iymonning afzali — qaerda bo’lsang ham, Alloh sen bilan birga ekanini bilishingdir. *** Sevimli narsalarga mashaqqat bilan, yaxshilikka esa o’ziga sevimli bo’lgan narsalarni sarflash bilan erishiladi. * * * Xoru zorlikni maxlu q lar xizmatida, azizu muqarramlikni Xoliq xizmatida bo’lishda ko’rdim. * * * «Alloh taolo yoqtirmaydigan narsalarni tark etish hijratning afzalidir». * * * Agar xotin kishi namoz o’qib, eri uchun duo qilmasa, erining haqqiga duo qilmagunicha namozi qabul bo’lmaydi. * * * Dunyoda hech bir gul onaning farzandiga qilgan tabassumidan chiroyli emas. * * * «Alloh haq yo’lni tanitganidan keyin yana kufrga qaytishdan ko’ra olovda yonishni afzal bilmagunicha inson iymon halovatini topmaydi». * * * Birovga yaxshilik qilish imkoniyati bo’laturib, yaxshilik qilmagan odamning umr zoe’ umrdir. * * * Odamning ko’p so’zlashi aqli ozligidan, yolg’on gapirishi irodasizligidan, ovozi balandligi ichi bo’shligidandir. Ishonmaysizmi, bo’sh xumni chertib ko’ring! — — — Maqola yoqdimi? Do’stlaringizga ham yuboring (tugmalardan birini bosing): 528
Maqola www.aql.uz saytidan olindi,
Manba: http://aql.uz/article_view.php?id=97

WordPress Themes